Moliya va soliqlar


Quyidagilar soliq solish obyektidir



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə140/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   214
Moliya va soliqlar

Quyidagilar soliq solish obyektidir:
qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar (shu jumladan birga qo‘shilib chiqadigan);
foydali qazilmalardan, mineral xomashyodan, texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali komponentlar;
sanoat yo‘sinida dastlabki qayta ishlovdan o‘tkazilgan qazib olingan uglevodorodlar shu jumladan birga qo‘shilib chiqadigan foydali qazilmalar va foydali komponentlar;
uglevodorodlarni qayta ishlash jarayonida ajratib olingan, lekin oldingi qazib olinganda va qayta ishlanganda qayta ishlanadigan foydali qazilmalar tarkibida tayyor mahsulot sifatida soliq solinmagan foydali komponentlar;
ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shu jumladan texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar.
Quyidagilar soliq solish obyekti bo‘lmaydi:
qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni yopiq texnologik jarayon doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi;
soliq to‘lovchilarga berilgan yer uchastkalari doirasida qazib olingan (ajratib olingan) hamda o‘zining xo‘jalik va ro‘zg‘or ehtiyojlari uchun foydalanilgan keng tarqalgan foydali qazilmalar. Keng tarqalgan foydali qazilmalar ro‘yxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlari natijasida qazib olingan (ajratib olingan) noruda foydali qazilmalar, bundan qayta ishlangan va realizatsiya qilingan foydali qazilmalar hajmi mustasno.
Soliq bazasi yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda har bir qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaga, shu jumladan asosiy foydali qazilmani qazib olishda birga chiqadigan foydali komponentlarga nisbatan aniqlanadi (SKning 451-moddasi).
Agar soliq kodeksi 451-moddasining yettinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq bazasi qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmining hisobot davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan qiymati sifatida aniqlanadi.
Hisobot davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har bir qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma bo‘yicha pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmlarini (qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini chegirgan holda) ularning naturada ifodalangan realizatsiya qilish hajmiga bo‘lish orqali alohida aniqlanadi.
Hisobot davrida foydali qazilma realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq bazasi realizatsiya qilish amalga oshirilgan oxirgi hisobot davrida foydali qazilmani realizatsiya qilishning o‘rtacha olingan narxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Foydali qazilma umuman realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq bazasi hisobot davrida mazkur foydali qazilmalarni qazib olishning (ajratib olishning) ishlab chiqarish tannarxini 20 foizga oshirgan holda aniqlanadi. Bunda, soliq to‘lovchi realizatsiya qilish amalga oshirilgan o‘sha hisobot davrida hisoblangan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq summasiga hisobot davrida shakllangan o‘rtacha olingan narxidan kelib chiqqan holda keyingi tuzatishni kiritishi shart.
Qazib olingan foydali qazilmaning bir qismi realizatsiya qilinib, qolgan qismidan o‘zining ishlab chiqarish yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda, foydali qazilma bo‘yicha soliq bazasi realizatsiya qilingan ushbu foydali qazilmaning o‘rtacha olingan realizatsiya qilish narxidan kelib chiqib aniqlanadi.
Foydali qazilmadan o‘zining ishlab chiqarish yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda bunday foydali qazilmalar uchun soliq bazasi qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmani ishlab chiqarish tannarxini 20 foizga oshirgan holda aniqlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.00.00 Umumdavlat soliqlari / 07.10.05.00 Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus to‘lovlar / 07.10.05.02 Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari]
Foydali qazilmalarni qazib olishda (ajratib olishda) 0 foizli stavka bo‘yicha soliq solish foydali qazilmalarning normativ yo‘qotishlariga taalluqli qismi bo‘yicha amalga oshiriladi. Foydali qazilmalarni qazib olishda (ajratib olishda) konlarda foydali qazilmalarni qazib olishning qabul qilingan sxemasi va texnologiyalari bilan texnologik bog‘liq holdagi, vakolatli organ tomonidan qonun hujjatlarda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan normalar doirasidagi yo‘qotishlar normativ yo‘qotishlar sifatida hisobga olinadi.
2020 yilda Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilangan:


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin