Nazorat savollari.
1. Moliya ilmi nimani o‘rganadi?
2. Moliyani o‘rganishning zarurligi nimada?
3. Moliyani o‘qitishdan maqsad nima hisoblanadi?
4. Moliyani o‘rganish predmeti nima hisoblanadi?
5. Kursning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
6. “Moliya” tushunchasi qanday munosabatlarni bildiradi?
7. Moliya kategoriyasining rivojlanish tarixini tushuntirib bering.
8. Moliyaning asosiy belgilari nimalardan iborat?
9. Moliyaga qanday ta’riflar berish mumkin?
10. Moliyaning rivojlanishini qanday bosqichlarga bo‘lish mumkin?
11. Moliyaning obyektiv zarurligi nimadan iborat?
12. Moliya qanday funksiyalarni bajaradi?
13. Moliyaning nazorat funksiyasi obyekti nimalar hisoblanadi?
2-mavzu. Moliyaviy siyosat.
Reja
1.Moliya siyosatining mohiyati va vazifalari
2.Moliya siyosatining turlari
3.Moliya siyosatining bo‘g‘inlari
4. O‘zbekiston Respublikasi moliya siyosatining asosiy yo‘nalishlari
5.Moliya mexanizmining mazmuni
6.Moliya mexanizmining tarkibi va tuzilishi
1.Moliya siyosatining mohiyati va vazifalari
Siyosatning asl ma’nosi grekcha "Politika" so‘zidan olingan bo‘lib, davlatni boshqarish san’ati degan ma’noni beradi. Siyosat - bu ustqurmaga taalluqli tushuncha bo‘lib, ma’lum maqsadlarga erishishga qaratilgan yo‘nalishlar, chora va tadbirlar yig‘indisidir. Har qanday jamiyatda ham davlat moliyadan o‘zining funksiya va vazifalarini bajarishda hamda ma’lum maqsadlarga erishishda foydalanadi. Oldinga qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirilishida moliya siyosati muhim o‘rinni egallaydi. Uni ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish jarayonida jamiyat oldida turgan masalalarni xal etilish sharoitlari ta’minlanadi. U iqtisodiy manfaatlarga ta’sir etuvchi faol qurol sifatida namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |