Moliya va soliqlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə192/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   214
Moliya va soliqlar

Smetali moliyalashtirish – noishlab chiqarish sohasi korxona va tashkilotlari xarajatlarini qoplash metodi.
Sotsial ta’minot - qariganda, nogironlik bo‘yicha, boquvchisini yuqotganda va qonunda belgilangan boshqa holatlarda fuqarolarni moddiy ta’minlash uchun milliy daromadning bir qismini pul mablag‘larining ijtimoiy fondini shakllantirish va undan foydalanish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan taqsimlash munosabatlari tizimi.
Taraqqiyot byudjeti - davlat byudjetining tarkibiy qismi, uning capital xarajatlari tarkibida shakllantiriladi va investitsion loyihalarni kreditlashtirish, investitsiyalashtirish va kafolatli ta’minlash uchun foydalaniladi.
Tartibga soluvchi (tartiblovchi) daromadlar – tegishli byudjetda ko‘zda tutilgan barcha xarajatlarni to‘liq qoplash maqsadida umumdavlat soliqlaridan quyi byudjetdagi biriktirilgan daromadlarning ustiga yuqori byudjetdan beriladigan daromadlar. Bunday daromadlarning tarkibiga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsizlar, korxonalardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i kabilar kiradi. Bu soliqlar bo‘yicha daromadlar quyi byudjetlardagi tushumlarni tartibga solish uchun moliyaviy hisobot davrida (odatda, bir yilda)
belgilangan tartibda tasdiqlangan stavkalar bo‘yicha soliqlardan foiz ajratmalari ko‘rinishida foydalaniladi. Tartibga soluvchi daromadlar bo‘yicha ajratmalar bevosita quyi byudjetlarga borib tushadi, ajratmalar stavkasi (normativi) esa davlat byudjeti tasdiqlanayotgan paytda aniqlanadi.
Tashqi qarzni restrukturizatsiya qilish – qarzni qaytarish va u bo‘yicha foizlarni to‘lash muddatlarini uzaytirish.
Taqsimlanmagan foyda solig‘i – alohida soliq to‘lovchi sifatida tan olingan aksionerlik kompaniyalari, banklar va boshqa institutlar foydasining dividendlarga taqsimlanmagan qismidan olinadi.
Transport vositalarining egalaridan olinadigan soliq – transport vositalariga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadi. Soliqning stavkasi ot kuchida ifodalangan dvigatelning quvvatiga bog‘liqdir. Uning summasi mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlarining tarkibiga kiritiladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin