Xarajatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan moliyalashtirish – quyidagilar yuqorida ta’kidlangan byudjetlardan moliyalashtiriladi: fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari bo‘yicha); ijtimoiy ta’minot; aholini ijtimoiy himoya qilish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash; iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjet tashkilotlarini saqlash; qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
Xorijiy davlatlarning hukumatlari, banklari va firmalariga bog‘langan kreditlar– xorijiy davlatlarning hukumatlari, banklari va firmalari mablag‘lari hisobidan kreditor mamlakatdan tovarlar, ishlar va xizmatlar sotib olish uchun qaytarilish va tiklanish asosida mablag‘larni jalb qilish shakli.
Tsessionariy– qayta sug‘urtalashda riskni o‘ziga qabul qiluvchi sug‘urtalovchi.
Egri (bilvosita) soliqlar – xo‘jalik aktlari va aylanmalari hamda moliyaviy operatsiyalardan kelib chiqadi. Bu soliqlarning tarkibiga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, bojxona bojlari, qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalardan olinadigan soliq va boshqalar kiradi. Ular baho yoki tarifga ustama (qo‘shimcha) tarzida (ko‘rinishida) o‘rnatilib, soliq to‘lovchilarning daromadlari bilan belgilanadigan (aniqlanadigan) to‘g‘ri (bevosita) soliqlardan farq qiladi.
Egri (bilvosita) soliqqa tortish– daromadlar sarf qilinayotgan paytda to‘lanadigan soliqlar tizimini o‘z ichiga olib, daromadlar bilan emas, balki xarajatlar bilan bog‘liqdir. Masalan, sotuvdan olinadigan soliq (sotuv solig‘i), aktsizlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i va h.q. Egri (bilvosita) soliqqa tortishda mahsulotni ishlab chiqaruvchi yoki xizmatni ko‘rsatuvchi ularni tarkibida ustama (qo‘shimcha) bo‘lgan bahoda (tarifda) sotadi va tushumdan ma’lum bir soliq summasini davlat ixtiyoriga o‘tkazadi. Shunday qilib, amalda u soliqlar yig‘uvchi, sotib oluvchi esa egri (bilvosita) soliqni to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi. Shunga mos ravishda egri (bilvosita) soliqqa tortishda shu soliqni to‘lashi kerak bo‘lgan va shu soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar turlicha shaxslardir.