Moliya va soliqlar


Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə196/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   214
Moliya va soliqlar

Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar – qo‘shilgan qiymat solig‘i, korxona va tashkilotlarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq, aktsizlar, yo‘l fondini shakllantirish uchun manba sifatida foydalaniladigan soliqlar, korxona mol-mulki solig‘i, er uchun to‘lovlar, reklama solig‘i, birjada amalga oshirilgan bitimlardan olinadigan yig‘im, mahalliy auktsion va lotereyalarni o‘tkazish huquqi uchun litsenziya yig‘im, boshqa soliq, yig‘im va majburiy to‘lovlardan iborat.
Yashirin soliq – iste’molchi tomonidan bevosita to‘lanmaydigan, lekin unga mo‘ljallangan mahsulotning bahosi tarkibiga uni ogohlantirmasdan, unga xabar bermasdan, unga bildirmasdan kiritilgan soliq. Masalan, bojlar.
O‘zaro sug‘urta jamiyati – notijoriy tipdagi sug‘urta tashkiloti, o‘zlarining mulkiy manfaatlarini sug‘urta himoyasi uchun badal asosida vujudga kelgan jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy birlashmasi sifatida amal qiladi (faoliyat ko‘rsatadi).
Qayta sug‘urtalash – balanslashtirilgan (muvozanatlashtirilgan) sug‘urta portfelini yaratish maqsadida sug‘urta obyekti bo‘yicha sug‘urtalovchi majburiyatlarining bir qismini boshqa sug‘urtalovchiga berish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar tizimi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining byudjeti – Davlat byudjetining Qoraqalpog‘iston Respublikasi pul mablag‘lari fondini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, byudjetda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Qimmatli qog‘ozlar – o‘zining egasiga dividend va foiz ko‘rinishida daromad olish huquqini beruvchi mulk tituli. Ularning tarkibiga aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar kiradi.
Qo‘shilgan qiymat – sotilgan (realizatsiya qilingan) mahsulotlar, ishlar va xizmatlar qiymati bilan ishlab chiqarish va muomala xarajatlarining tarkibiga kiritilgan moddiy xarajatlarning qiymati o‘rtasidagi farq.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin