Guruhlash deganda o‘rganilayotgan to‘plamni taalluqli belgilari bo‘yicha sifat jihatdan bir xil bo‘lgan guruhchalarga ajratish tushiniladi. Agar statistikada guruhlash hodisalarni umumlashtirish va tiplarga ajratish maqsadida foydalanilsa, tahlilda o‘rtachalarni mohiyatini tushintirishga, bu o‘rtachadagi alohida birliklarni rolini ko‘rsatishga, o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar orasida o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlashga yordam beradi.
Hal qiladigan masalalari (vazifalari) nuqtayi nazardan guruhlashlar tipologik, strukturali va analitik turlarga bo‘linadi.
Tipologik guruhlash – to‘plamni sifat jihatdan bir xil bo‘lgan guruhlarga ajratishni;
Strukturali guruhlash – ko‘rsatkichni ichki tuzilishini, uning alohida qismlarini o‘zaro nisbatlarini o‘rganish maqsadida guruhlarga ajratishni;
Analitik guruhlash – ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganish maqsadida amalga oshiriladigan guruhlashlarni anglatadi.
Tuzilishining murakkabligi jihatdan oddiy guruhlashlar va kombinatsiyali guruhlashlar tarkiblanadi.
Bitta belgi bo‘yicha amalga oshirilgan guruhlashlar oddiy guruhlash deb aytiladi. Agar bitta belgi bo‘yicha bitta guruhlashni, shu guruhga kiruvchi boshqa bir belgi bo‘yicha yana boshqa guruhlashni amalga oshirilsa, bunday guruhlash kombinatsiyali guruhlash deb aytiladi.
Guruhlarni tuzishda to‘plamni guruhlarga bo‘lish, guruhlar sonini belgilash va guruh intervalini aniqlash masalasiga jiddiy yondashish zarur.
Balans usuli.
Balans turlari
Ifodasi
Belgilar izohi
Buxgalteriya balansi
A=K+M
Aktivlar (A)=Kapital (K)+majburiyatlar
(M)
Tovar balansi
Tb+Ti/ch+Tbk=To+Ts+Tbch
Tovarlar davr boshiga qoldig‘i (Tb) + Ishlab chiqarilgan tovarlar (Ti/ch) + Tovarlarning boshqa kirimi (Tbk) = Tovarlar davr oxiriga qoldig‘i (To) + Tovarlar sotilgani (Ts) + tovarlarning boshqa chiqimi (Tbch)