Audit – mustaqil ekspertlar, auditorlar tomonidan korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni anglatadi. Bunda nafaqat tekshirish balki korxonaning iqtisodiy, moliyaviy faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha ham tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Audit – ishonchlilik bo‘yicha mustaqil tekshiruv hisoblanadi.
Audit – auditorlarning yoki auditorlik firmalarining buxgalteriya hisobi yoki moliyaviy hisobotlarni, buxgalteriya hujjatlari, soliqlar va boshqa majburiyatlarni auditorlik tekshiruvini amalga oshirishdan iborat tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi.
Audit – bu korxonaning moliyaviy hisobotlarini ekspertizadan o‘tkazish, buxgalteriya hisobini yuritish tartibini, xo‘jalik va moliyaviy operatsiyalarni qonunchilik normalariga muvofiqligini, hisobotlarning to‘liqligi va to‘g‘riligini tekshirishga qaratilgan mustaqil faoliyat turidir.
Audit – bu firma va kompaniyalar uchun ishlamaydigan, mustaqil sertifikatlangan auditorlar tomonidan amalga oshiriladigan tashqi moliyaviy nazoratdir. Audit – bu sud-buxgalteriya ekspertizasini amalga oshiruvchi keng faoliyat turidir. Audit – bu bevosita va bilvosita manfaatdor bo‘lgan tomonlarning nomidan ish ko‘ruvchi mustaqil ekspertlar faoliyatidir.
Taqqoslash usuli.
Taqqoslash – tahlilda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul hisoblanadi. Uning gorizontal, vertikal, trendli usullari tarkiblanadi.
Amalda taqqoslashning muhim shartlariga amal etish talab etiladi. Ular qatoriga o‘lchov birligi (hajm, qiymat, miqdor ko‘rsatkichlar), davriy oraliqlari, faoliyat shakli, ishlab chiqarish sharoitlari, ishbilarmonlik muhiti bir xilligi, hisob-kitoblarning metodik jihatdan yagonaligini kiritish mumkin.
Taqqoslashning mazmuni – qiyoslashdan iborat. Taqqoslash asosida o‘rganilayotgan obyektdagi o‘zgarishlar, ularning rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlari o‘rganiladi.
Qiyosiy tahlil quyidagi turlarga ajratib o‘rganiladi: gorizontal, vertikal, trend va shuningdek bir o‘lchamli va ko‘p o‘lchamli tahlillar.
Gorizontal tahlil tayanch (bazaviy) ko‘rsatkichi (reja, o‘tgan yil, o‘rtacha, ilg‘or xo‘jaliklar ko‘rsatkichi)dan haqiqiy ko‘rsatkichning mutlaq va nisbiy o‘zgarishlarini aniqlash va baholash uchun qo‘llaniladi.
Vertikal tahlil iqtisodiy hodisalar tuzilmasini o‘rganish maqsadida uning alohida qismlarini jamidagi salmog‘ini hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Trend tahlili ko‘rsatkichlarni bir qator yillar mobaynida nisbiy miqdorlarda o‘sish va qo‘shimcha o‘sish sur’atlarini o‘rganishda qo‘llanadi.