MOLIYAVIY TAHLIL OLDIGA QO‘YILADIGAN ASOSIY VAZIFALAR:
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yaqin va uzoq davriylikdagi reja, prognoz ko‘rsatkichlarini (ilmiy, iqtisodiy jihatdan) asoslash;
- reja va prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishiga, natijaga erishish yuzasidan ularning ta’sirchanligiga baho berish;
- xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslarga, ularning samaradorligiga baho berish;
- faoliyatning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga, erishilgan natijalariga baho berish;
- xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ko‘paytirish, ularning ko‘payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholash;
- xo‘jalik yurituvchi subyektning likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‘zgarishlariga munosabat bildira olishini moliyaviy holatga ta’sirini baholash.
- iqtisodiy natijaviylikni o‘stirish, faoliyatning tijorat hisobdorligi, daromadlarni orttirish va moliyaviy holatni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarini aniqlash va ularni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilash;
- belgilangan chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirishdan iborat.
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni tahlil etishda faoliyat samaradorligi va natijaviyligiga ta’sir etuvchi omillarga alohida ahamiyat qaratiladi. Ularni obyektiv va subyektiv omillarga tarkiblash mumkin.
SUBYEKTIV (ichki) omillar deyilganda korxonalarning amaliy faoliyati bevosita bog‘liqlikda yuqori samaradorlikka va natijaviylikka erishish mumkin bo‘lgan omillar kiradi. Bunday ta’sir birliklariga mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, rag‘batlantirish, moddiy resurslardan tejab foydalanish, xarajatlarni iqtisod qilish, quvvatlardan foydalanish, to‘lovlar intizomiga rioya qilishning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan jihatlari kiradi.
OBYEKTIV (tashqi) omillar deyilganda, korxona faoliyatiga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan omillar tushuniladi, ya’ni davlat siyosatining o‘zgarib turishi, bozordagi talab-taklifning o‘zgarishi, inflyatsiya va hokazo jihatlar.