XX asrning 30-yillarida davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash maqsadida muqobil neoliberal markazlar tashkil etildi. Buning sababi shundaki, 2-jahon urushi arafasida paydo bo’layotgan militaristik g’oyalar nihoyatda kuchli bo’lib, ko’p mamlakatlarda (Germaniya, Italiya, AQSh, Buyuk Britaniya...) davlatning iqtisodiyotga aralashuvi keskin kuchayadi.

Neoliberalizmning eng yirik markazlari Germaniya, AQSh va Angliyada vujudga kelib, shunga muvofiq Frayburg maktabi (yetakchi vakillari - V.Oyken, V.Ryobke, A.Ryustov, L.Erhard va b.), Chikago maktabi, uni «monetar maktab» deb ham ataydilar (yetakchi vakillari - L.Mizes, M.Fridmen, A.Shvari va b.), London maktabi (yetakchi vakillari - F.Xayyek, L.Robbins va b.).
Fransiyada neoliberal g’oyalarning taniqli vakillari sifatida iqtisodchilar J.Ryueff, M.Alle va boshqalarni keltirish mumkin. Bu olimlar o’sha davridayoq yagona ilmiy-amaliy platformani ishlab chiqish uchun harakat boshladilar. 1938 yili Parijdagi konferensiyada neoliberalizmning asosiy prinsiplari xalqaro ko’lamda e’lon qilindi. Bu neoliberallarning yig’ilishi (forumi) «Lippman kollokviumi» deb ham ataladi, buning sababi shuki, o’sha yili amerikalik iqtisodchi A.Uolter Lippman «Erkin shahar» kitobini e’lon qildi va undagi g’oyalar neoliberal prinsiplar bilan hamohangdir. Parijdagi qo’llab-quvvatlangan neoliberal umumiy prinsiplarning mohiyati shundan iboratki, davlatlar erkin raqobat qoidalarini qaytarishga g’amo’rlik qilishlari va ularni barcha xo’jalik sub’yektlari tomonidan bajarilishini ta’minlashlariga ko’maklashuvi so’raladi. Bu xujjatda xususiy mulk ustunvorligi sharti, bitimlar erkinligi va bozorlar erkinligi davlat yo’li bilan faqat ekstremal (urush, stixiyali ofat, katastrofa va b.) holatlardagina qayta ko’rilishi mumkin deb hisoblanadi.