O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
o‘rnatishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Valyuta birjalari mavjud davlatlarda banklararo
kotirovkalar banklarning to‘lov aylanishi, to‘lovga layoqatliligini hisobga olgan holda, rasmiy
birja kotirovkalari atrofida o‘zgarib turishi mumkin. Bunday banklarda rasmiy birja
kotirovkasi ular-
ning mijozlari uchun valyuta kurslarining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Erkin
valyuta bozorida uning har bir elementlari (birjadagi va birjadan tashqaridagi) bir-biriga ta'sir
etadi va ulardagi valy
uta kotirovkalari o‘zaro bog‘liq bo‘ladi.
Valyuta bozorida valyutani kotirovka qilishning ikki usuli mavjud: to‘g‘ri va egri.
Ko‘pchilik davlatlarda to‘g‘ri kurs qo‘llani-ladi. Bu usulning mohiyati shundaki, xorijiy valyuta
birligining kursi to‘g‘ridan-to‘g‘ri milliy valyutada ifodalanadi.
Egri kotirovkada milliy valyuta birligi ma'lum miqdordagi xorijiy valyutada ifodalanadi.
Bu usul (egri katerovka) Buyuk Britaniyada, 1987 yil-
dan esa qisman AQShda qo‘llaniladi.
Banklararo valyuta bozorlarida valyuta kurs
ining kotirovkasi ko‘proq AQSh dollariga
nisbatan belgilanadi. Bu hol dollarning xalqaro to‘lovlarda ko‘p qo‘llanilishi va zaxira vositasi
sifatida saqlanishi bilan bog‘liq. Savdo-sanoat sohasida faoliyat olib boruvchi mijozlar uchun
valyuta koti-rovkalari amalga oshirish kross-kursga asoslanadi.
Kross-kursda ikki valyutaning kursga asoslangan nisbati uchinchi valyutaga nisbatan
aniqlanadi. Masalan, O‘zbekiston Markaziy banki so‘mning yapon ieniga nisbatan kursini
aniqlamoqchi deylik. Bu holda ienaning so‘mga nisbatan kursi dollarga asoslangan holda
aniqlanadi. Aytaylik,
1250 so‘m
1 dollar
1 dollar 115 yapon yeni desak,
u holda kross kursda 1 yapon y
en necha so‘m turishini
1 yapon yen
1250 so‘m x 1 x 1 / 1 x 115 = 10,87 so‘m, yoki 10 yapon yeni 100 so‘m
87 tiyinga teng (https://cbu.uz).
Kross kurs. To'g'ridan-to'g'ri almashtirib bo'lmaydigan valyuta turlari mavjud. Masalan,
siz evroni Kanada dollariga almashtira olmaysiz. Keyin valyuta juftlarining kotirovkalari har
bir valyutaning uchinchisiga, masalan, dollarga nisbatan kursi asosida aniqlanadi. Bu o'zaro
nisbat deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: