Монография toshkent «malik print co»


Olovdan himoyalangan yog‘och qurilish konstruksiyalarining yonish mexanizmini tadqiqot qilish



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə19/34
tarix20.11.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#164409
növüМонография
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Yogoch qurilish konstruktsiyalari va yogoch qipiqli plitalarning

Olovdan himoyalangan yog‘och qurilish konstruksiyalarining yonish mexanizmini tadqiqot qilish


Yog‘ochlar konstruksiyalarini yonishdan asrash uchun ularni saqlash qoidalariga rioya qilish, bino va inshootlarda ishlatilganda olov markazidan uzoqda bo‘lishi yoki yonmaydigan materiallar - asbest karton va asbestsement taxtasi, turli suvoqlar bilan qoplash zarurligi azaldan ma’lum. Xususiy xollarda yog‘ochni yonishdan asrash uchun antipirenlar bilan qoplash yoki shimdirish kerak. An- tipiren sifatida bura, ammoniy xlorid, natriyli va ammoniyli fosfork- islotalar, ammoniy sulfat ishlatiladi. Antipirenlar bo‘yoq va pasta sifatida kukun to‘ldiruvchilar kiritilgan holda ishlatilishi mumkin. Himoya qatlami mo‘yqalam yoki sepuvchi moslamalar yordamida yog‘ochga qoplanadi.


Antipirenlar yog‘och qiziganda uning yuzasida qattiq erigan par- da hosil qilishi va kislorodni ichki qatlamlarga o‘tkazmasligi yoki ba’zi antipirenlar yuqori haroratda yog‘ochni yonishdan asrovchi gazlar hosil qilishi mumkin.
Shunday qilib, keyingi tadqiqotlarda sintez qilingan polimer tabiatli olovbardosh tarkib bilan ishlov berilgan yog‘och qurilish konstruksiyalarining olovbardoshlik qonuniyatlarini va yonish mex- anizmini o‘rgandik. Dastlabka olib borilgan tadqiqotlar, ishlov beril- gan yog‘och konstruksiyalarining yuqori fizik-mexanik xususiyat- larga ega va suvga yaxshi va issiqqa chidamlilik ko‘rsatkichlarini ortishiga olib kelish imkonini berishini ko‘rsatdi.
Sintez qilingan polimer tabiatli olovdan himoya qiluvchi tarkib- ning olovbardoshlik samaradorligini aniqlash uchun kislorod indeksi- ni, «olov trubkasi» ni va yong‘in tezligini aniqlash usullari bo‘yicha sinovlar o‘tkazildi. Polimerli olovdan himoya qiluvchi tarkiblarning yong‘inga qarshi yuqori ta’sirga ega ekanligi aniqlanib, bu yonu- vchan materialni deyarli yonmaydiganlar G-II guruhiga o‘tkazish im- koniyatini berishi aniqlandi (3.6-3.7-rasmlar). Bu holatda kuzatilgan karbonlashtirish har qanday organik moddaga xos bo‘lib, yong‘in manbai alangasining ta’sir doirasi bilan chegaralanadi.
Yog‘och konstruksiyasi qizdirilganda, antipirenlarning parcha- lanishi yonuvchan gazsimon parchalanish mahsulotlarining paydo bo‘lishi va chiqishiga to‘sqinlik qiluvchi yog‘ochning karbonlani-
shiga va suvsizlanishiga olib keladigan kislotalar paydo bo‘lishi bilan sodir bo‘ladi. Yong‘inga chidamli (olovdan himoya qiluvchi) ta’sir mexanizmini yaratish uchun namunalarning qattiq fazasida yonish mos keladigan bosqichda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar o‘rganil- di. Polimer modifikatori 70 oS haroratda massa yo‘qotish bilan par- chalanishni boshlaydi. 3.8-rasmda polimer va sanoatda qo‘llani- ladigan quyi molekular antipirenlar bilan o‘zgartirilgan yog‘och qurilish materiallarining termik parchalanishi sxemasi ko‘rsatilgan. Haroratning yanada oshishi bilan polimer modifikator faollashadi va yog‘och tolasining termik parchalanish jarayonini o‘zgartiradi. Paulik-Paulik-Erdey derivatograf tizimidan foydalanib, yog‘och plitalar namunalarining turli xil modifikatorlari bilan o‘zgartiril- gan xarakterli parchalanish haroratining qiymatlari olingan. Tajri- ba kamerada harorat 6 daraja/daqiqa tezlikda ko‘tarildi. 3.8-rasm- da termal parchalanish jarayonining ikki bosqichi aniq ko‘rinadi. Birinchisi, modifikatorning alangalanishini aniqlaydigan uchuvchi mahsulotlarning chiqarilishi bilan intensiv parchalanishi. Ikkinchi- si – massa (vazn) yo‘qotishining past darajasi bilan qattiq qoldiqni konversiyalash (3.3-jadval).



Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin