Монография toshkent «malik print co»


Polimer olovdan himoya qiluvchi tarkiblarning ba’zi xususiyatlari



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə17/34
tarix20.11.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#164409
növüМонография
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34
Yogoch qurilish konstruktsiyalari va yogoch qipiqli plitalarning

3.1-jadval

Polimer olovdan himoya qiluvchi tarkiblarning ba’zi xususiyatlari




Polimer

Tarkibi ,%.



Ter, °S

Zichligi, g/ sm3

Molekular og‘irlik

R

Galogen miqdori

EXG: FK

8,74

12,60

155

1,374

44*104

EBG: FK

6,80

14,01

149

1,399

51*104

Izoh: “Maksam-Ammofos” chiqindilariga asoslangan FK-fosfor kislotasi
Barcha olimlar tomonidan keng qo‘llaniladigan tenglamalar [159; 534 b] yordamida polimerdagi bog‘lanish energiyasining yig‘indisi
yoki Dsv ga teng bo‘lgan o‘rtacha bog‘lanish energiyasining o‘zga- rishi bilan o‘rtacha bog‘lanish energiyasining intensivligi simbatik ravishda o‘zgarishini ko‘rsatish mumkin:

Shu sababli, Dsv qiymatidan polimer antipirenlardagi aloqalarni uzish kuchini taxminiy baholash uchun foydalanish mumkin, chunki odatda bog‘lanish energiya qiymatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri termal barqarorlikni va ba’zi hollarda polimerlarning yong‘inga chidamliligini taqqoslash uchun ishlatiladi.


Lipatov Yu.S tomonidan [159; 534 b,], eksperimental va hisob- langan ma’lumotlarga ko‘ra, biz tomondan sintez qilingan yuqori molekular og‘irlikdagi antipirenlarning tabiiy polimer bo‘lgan yog‘och materiali tarkibiga kiritilishi ularning yonuvchanligini ka- maytirishi va olovga chidamlilik chegarasini oshirishi mumkin deb taxmin qilish mumkin.
Ma’lumki [159; 534 b, 160; 326 b], polimerning jismoniy tu- zilishi va zichligi, kristalligi, eruvchanligi, bo‘kishi, shishishi va boshqalar kabi xususiyatlari fizik strukturaning namoyon bo‘lishi diffuziya jarayonlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Fizik tuzilish po- limerning kimyoviy tuzilishi, uning tarkibi va tayyorlash usuli bi- lan belgilanadi, u molekulalararo o‘zaro ta’sir kuchlariga bog‘liq va berilgan sharoitlarda makromolekulalarning eng qulay shakllanishi- ni anglatadi. Tadqiqotlar natijasida tabiiy polimer va sintetik polim- erlarning fizik-kimyoviy xossalari bilan ularning yonuvchanligi va kokslanish qobiliyati o‘rtasida bog‘liqlik aniqlandi.
3.5-rasmdan ko‘rinib turibdiki, polimer antipirenlarning yonu- vchanligi va molekular og‘irligining o‘zgarishi nosimmetrik tarzda (ya’ni, simbatik ravishda) sodir bo‘ladi.
Eruvchanlik parametrini hisoblashda odatda jarayon energiyasi- ning funksiyasi bo‘lgan shishish darajasi qo‘llaniladi [146; 242-263 b]. Jarayon energiyasining eng kichik qiymatlari alifatik guruhlarga kiradi va ular bog‘lovchi tugun guruhlar uchun ham kamroqdir.
Qizig‘i shundaki, galogen molekulasini o‘z ichiga olgan bir qa- tor guruhlarda Vg dan Cl ga o‘tish bilan yig‘indi energiya miqdori kamayadi, bu esa ushbu seriyadagi yonuvchanlikning o‘zgarishiga mos keladi.


Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin