Montessori pedagogikasi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə7/40
tarix22.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#159834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40
montessori majmua

Falsafiy tamoyil – bola hamma jihatlar bo’yicha kattalardan alralib turadi: aqliy faoliyat shakli alohida rivojlangan “singuvchan tafakkuga ” ega.
Montessori xulosasiga ko’ra, bolaning fikrlash ongi kattalarning fikrlash ongidan tubdan ajralib turadi. Ushbu shaklni u “singuvchan tafakkurga” deb nomlaydi. Bola tevarak-atrof tasvirlarini his etuvchi organlari orqali beixtiyor qabul qiladi. Bolalarning tafakkuri yangiliklarni suvdek singdirib oladi: foydali –foydasizni, yaxshi-yomonni va hokazolarni anglaydi. Shu tarzda alohida e’tibor predmetli va ijtimoiy muhitni yaratishga qabul qilingan. Kattalar bolalar uchun shunday muhit yaratishi kerakki, bola rivojlanishi uchun hamma narsa kerakli va foydali jihatlarni topish imkoniyatlariga ega bo’lsin. Bola beixtyor singdish qobiliyatidan ongli singdirish jarayoniga o’tadi. Aynan shu maqsadda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivijlantiruvchi muhit yaratiladi.
Psixologik tamoyil - har bir insonga alohida, yakkama- yakka yondoshishdir. Mariya Montessori bolaning rivajlanishida senzetiv davrlar – bolalarning rivojlanishida alohida his etuvchi davrlarni aniqlagan. Bu rivolanish davriga kattalar tashqaridan xech qanday ta’sir ko’rsata olmaydilar. Bolaga kerakli bilim, malakalarni qabul qilishdagi imkomiyatlar ayni senzitiv davrda berladi. Bola senzitiv davrdan keyin ham bu bilimlarni olishi mumkin , lekin unga mashaqqatli mehnat bilan erishadi. Senzitiv davrda esa bu yengil va sezilmas bo’ladi. Senzitiv davrlar universal hisoblanadi, chunki, millati, ijtimoiy kelib chiqishi va madaniyatidan qa’tiy nazar, hamma bolalarning rivojlanish davri mavjud.
Asosiy senzitiv davrlarga qo’yidagilar kiradi:
* nutq rivojlanish senzitiv davri – 0-6 yosh;
* tartibni qabul qilish senzitiv davri – 0-3 yosh;
* sensor rivojlanishning senzitiv davri - 0-5,5yosh;
* mayda predmetlarni qabul qilish senzitiv davri – 1,5-2,5 yosh;
* harakat rivolanishi senzitiv davri – 1-4 yosh;
* ijtimoiy bilim va malakalarning rivojlanish sezitiv davri – 2,5-6 yosh.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin