Montessori pedagogikasi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə8/40
tarix22.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#159834
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
montessori majmua

Pedagogik tamoyil – bolaning predmetli-rivojlantiruvchi muhitda didaktik material bilan mustaqil maqsadga yo’naltirilgan faoliyat. Montessori metodikasida pedagog oldin ko’rgazmali montessori-material bilan ishlash yo’lini ko’rsatib beradi, keyinchalik bolaga yordamchi va shogird do’iadi.
Montessori ta’limining mohiyati nimadan iborat?
Montessori metodi bolani har tomonlama rivojlantirishga yordam beradi. Mariya Montessorining bolalarga yondoshuvi o’ziga xosdir. Bu tizim uchta asosiy qismdan iborat: bola, atrof-muhit va pedagog. Ta’lim jarayoni diqqat markazida bola turishi kerak. Montessori o’z metodikasida bolani tarbiya sharoitlarida kuzatuvlariga asoslanadi. So’ngra doktor Montessori bolaning mustaqil rivojlanishi uchun tabiiy maxsus sharoitlar yaratgan. U ta’limda pedagogni o’rnini o’zgacha talqin etib, uning failiyati ta’lim berish emas, yo’naltirishdan iborat bo’lishi lozim. Shuning uchun “o’qituvchi” so’zi o’rniga “rahbar” iborasini qo’llagan. U bilimni faoliyat orqali mustaqil olishni o’rgatadi. Montessori metodikasiga ko’ra, bola o’ziga yoqqan, o’ziga qiziqarli bo’lgan mashg’ulotni tanlash erkinligiga ega bo’ladi. Bola o’z bilim va malakalarini takomillashtira borib, unga mustaqillik va o’ziga ishonch ham rivojlanadi. Montessori metodi bolaga ta’lim jarayoniga tabiiy intilishni yuzaga keltiradi. Ta’limning keyingi bosqichida dadil, ishonch bilan o’tishga zamin tayyorlanadi. Bolaga uni o’rab turgan muhit yordam beradi. Montessori mashg’ulotlarida bolalar o’zaro musobaqalashmaydi. Montssori metodi boshqa metodlarga o’xshamaydi. Unga ko’ra, bola shaxs sifatida shakllanishiga zarur barcha zarur sharoitlar hisobga olinadi.
Nazorat savollari:

  1. Montessorining didaktik materiallari qanday xususiyatga ega?

2. Montessori metodikasi bo‘yicha, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda qanday maqsadlarga tayaniladi?
3. Montessorining materiallari asosan qanday faoliyatni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi?
4. Mariya Montessori pedagogikasida shaxsga yo’naltirilgan ta’limning qanday tayanch iboralari mavjud?
5. Shaxsga yo’naltirilgan ta’limda nisbatan qo’llaniladigan asosiy belgilarga misol keltirin

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin