Morfema morfemika birlik sifatida


So'z turkumlarida yasalish va yasama so'zlarning leksemalashishi



Yüklə 359,5 Kb.
səhifə11/46
tarix15.06.2023
ölçüsü359,5 Kb.
#130740
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46
1-44

So'z turkumlarida yasalish va yasama so'zlarning leksemalashishi.


So‘z turkumlarida so‘z yasalishi.Otlarning yasalishi haqida. So‘z yasalishi hodisasi mustaqil so‘z turkumlariga xos bo‘lib, bu hodisa ot, sifat, fe’l, ravish turkumlari uchun xarakterlidir. Mustaqil so‘zlardan son va olmoshlar so‘z yasalish tizimiga ega emas. Chunki son va olmosh so‘z yasash usullari orqali boshqa turkumga mansub so‘zlardan yasalmaydi. Biroq bu turkumga mansub so‘zlar fe’l, ravish va qisman ot yasalishida ishtirok etadi.

  • Otlarning yasalishi

 Affiksatsiya usuli bilan ot yasash eng mahsuldor bo‘lib, maz-kur usul orqali otlarning quyidagi qo‘shimchadosh guruhlari yasaladi:

  1. Shaxs oti yasovchi affikslar:

– chi: ot, sifat, son va harakat nomidan ot yasaydigan serunum affiksdir: ov+chi, ish+chi, a’lo+chi, yolg‘on+chi, ikki+chi, ellik sentner+chi, kurash+chi, o‘quv+chi. Bu otlar umumiy ma’nolariga ko‘ra bir necha uyadosh guruhlarni tashkil etadi:1) kasb, mutaxassislik bilan shug‘ullanuvchi shaxs otlari: ishchi, neftchi, sportchi, qo‘shiqchi, bo‘zchi, hisobchi, tunkachi, tilchi; 2) asosdan anglashilgan harakat va hodisada ishtirok etuvchi shaxs otlari: jangchi, isyonchi, hasharchi; 3) asosdan anglashilgan harakat va hodisa bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti: respublikachi, himoyachi, xabarchi kabilar shular jumlasidandir.–chi af-fiksi ba’zi ot yasovchilar bilan ma’nodoshlik hosil qiladi. Shu bois ular qo‘shilgan o‘zakdosh so‘zlar sinonimik munosabatda bo‘ladi: chorva+chichorva+dor, ko‘mak+chi-ko‘mak+dosh, mehnat+chi-mehnat+kash, til+chi-til+shunos. Bu affiks so‘roq, taajjub, kuchaytiruv ma’nolarini anglatuvchi – chi yuklamasi bilan shakldoshdir: terim+chi, terim-chi.
-dosh: otdan birgalik, sheriklik, umumiylik kabi ma’noga ega bo‘lgan ot yasaydi: vatandosh, zamondosh, safdosh, sirdosh. Bu affiks ba’zan tojikcha ham- old yasovchi qo‘shimcha bilan ma’nodoshlikka ega bo‘ladi: kasbdosh-hamkasb, suhbatdosh-hamsuhbat.
-kash: otdan kasb-hunar, xususiyat otlarini yasaydi: aravakash, meh-natkash, qalamkash. Bu affiks otdan sifat yasovchi – kash qo‘shimchasi bilan shakldoshdir. Qiyoslang: pastkash, dilkash, dardkash.

Yüklə 359,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin