Morfema morfemika birlik sifatida


Mustaqil so'z turkumlari tarkibi



Yüklə 359,5 Kb.
səhifə19/46
tarix15.06.2023
ölçüsü359,5 Kb.
#130740
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46
1-44

Mustaqil so'z turkumlari tarkibi
Mustaqil so’z turkumlarini ongli tarzda o’rganishda mavzulararo, turkumlararo hamda sathlararo bog’lanishni yo’lga qo’yishning ahamiyati katta. Ayniqsa, sathlararo bog’lanish o’quvchilarga tilni tizim sifatida idrok qilishga, o’rganilgan til hodisalarini yodda tutib turishiga yordam beradi.
Mustaqil so’z turkumlarini tilning sintaksis, punktuatsiya, orfografiya, leksikologiya kabi bo’limlari bilan bog’liq holda o’rganish imkoniyati mavjud. Mustaqil so’z turkumlarini o’rganish jarayonida ularning gapdagi sintaktik vazifasi haqida ham ma’lumot beriladi. Masalan, ot so’z turkumi barcha gap bo’laklari vazifasini bajarsa, sifat aniqlovchi, hol, kesim vazifalarida keladi. Fe’l turkumi esa kesim vazifasiga xoslangandir. Bunday ma’lumotlar berib borish morfologiya sathini sintaksis sathi bilan bog’lash imkoniyatini beradi. So’z turkumlarini o’rganishda imloviy bilimlar ham berib boriladi. Masalan, juft otlar, takroroy otlar, qo’shma otlar, qisqartma otlar o’rgatilganda ularning yozilishi haqida ham ma’lumot beriladi. Shunga doir mashqlar ishlanadi. Qolgan so’z turkumlarini o’rgatishda ham shunday ma’lumotlar beriladi. Bu esa so’z turkumlarini orfografiya bilan bog’liqligini ta’minlaydi.
So’z turkumlarini tilning fonetika, leksikologiya sathlari bilan ham yuqoridagi kabi bog’liqlikda olib borish mumkin. Bunday bog’lanish nazariy ma’lumotlarni berish, amaliy-ijodiy ishlarni bajarish jarayonida, test savollari bilan ishlashda yo’lga qo’yilishi mumkin.
Har bir mashg’ulotda morfologik tahlil o’tkazib borilishi lozim. Morfologik tahlil quyidan yuqoriga qarab murakkablashib boradi. So’z turkumiga oid nazariy tushuncha berila borilgani sari morfologik tahlil ham kehgaya boradi. Ko’plab metodistlar, o’qitivchilar so’z turkumi oxirida shu turkum bo’yicha tahlil o’tkazishni tavsiya qiladilar. Masalan, fe’l turkumi o’rganib bo’lingach, fe’l so’z turkumi yuzasidan tahlil o’tkaziladi. Bizningcha, tahlilni har bir mashg’ulotda yuqoridagi kabi quyidan yuqoriga qarab murakkablashtirib borish kerak. Masalan, 6-sinfda harakat va holat fe’llari o’rganilgach, o’quvchilar berilgan gapdan fe’lni topib, so’rog’ini aytadilar, uning harakat yoki holat ekanligini aniqlaydilar.
O’timli va o’timsiz fe’llar mavzusi o’rgatilgach esa yuqoridagi tartibda tahlil o’tkaziladi va o’quvchi fe’lning so’rog’ini harakat va holat fe’li ekanligini, o’timli yoki o’timsiz ekanligini aniqlaydilar. Tahlil shu tarzda kengayib, murakkablashib boradi.
3.Morfologik tahlilni sintaktik tahlil bilan qo’shib olib borish yaxshi samara beradi. Bunday yo’l tutish morfologiya va sintaksis o’rtasidagi bog’liqlikni taminlaydi. Bu esa o’quvchilarga morfologiya o’rganish jarayonida sintaktik bilimlarni unutmaslik, sintaksisga oid bilimlarni o’rganishga tayyorlanib borish imkoniyatini beradi.
4.So’z turkumlarining ma’noviy guruhlarini o’rgatish, ularni bir-biridan ajrata olishga o’rgatib borish talab etiladi. Bu orqali o’quvchilar umumiylikdan xususiylikni farqlashga o’rganib boradilar.
5.So’z tarkibi yuzasidan o’tkaziladigan tahlilni so’z turkumlariga mos ravishda o’tkazib borishning ahamiyati katta. Buni fe’l so’z turkumi yuzasidan o’tkaziladigan tahlil misolidan tushunishga o’rganib ko’ramiz.
Bunday tahlil ham soddadan murakkabga qarab kengayib boradi. Fe’l nisbatlarini o’rganish jarayonida o’quvchilar berilgan gap tarkibidagi fe’l turkumiga oid so’zni aniqlaydilar va uni tarkibiy qismlarga bo’ladilar: Masalan Ilm zehnimizni o’stiradi. O’quvchi fe’lni shunday tarkibiy qismga bo’ladi: o’s-asos, tir-orttirma nisbat shaklini hosil qiluvchi Qo’shimcha, -a kelasi zamon fe’li qo’shimchasi, -di shax-son qo’shimchasi, III shaxs, birlik.
Bunday tahlil doimiy ravishda o’tkazilib borilsa, o’quvchi fe’l turkumiga xos morfologik xususiyatlarni yaxshi o’zlashtiradi, ongli tarzda idrok qiladi.


Yüklə 359,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin