Morfema morfemika birlik sifatida


Fe'lning so'z turkumlari tarkibi



Yüklə 359,5 Kb.
səhifə20/46
tarix15.06.2023
ölçüsü359,5 Kb.
#130740
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46
1-44

Fe'lning so'z turkumlari tarkibi
Fe’l so‘z turkumi. Felning leksik-grammatik xususiyatlari. Harakat tushunchasini anglatuvchi so‘zlar fe’l deyiladi. Harakat ma’nosi juda keng tushuncha bo‘lib, o‘ylamoq, xayol surmoq fikrlamoq singar tafakkur, yugurmoq, sakramoq., ishlamoq kabi jismoniy faoliyat, so‘zlamoq, demoq, aytmoq kabi nutq, uxlamoq, mudramoq, kutmoq , kulmoq kabi holat, qurmoq, chizmoq, yasamoq, yaratmoq kabi natijali faoliyat bilan bog‘liq ma’noviy guruhlarga mansub fe’llarni o‘z ichiga oladi. Fe’llar bir umumiy so‘roqqa-nima qilmoq? so‘ro-g‘iga javob bo‘ladi. Fe’llar leksik-grammatik xususiyatlariga ko‘ra ham ikki guruhga bo‘linadi: 1) mustaqil fe’llar; 2) yordam-chi fe’llar.

  1. Mustaqil fe’llar lug‘aviy ma’noga ega bo‘lib, nutqiy jarayonda biror gap bo‘lagi vazifasida ishlatiladigan fe’llardir. Mustaqil fe’llar turli grammatik kategoriyalarga birlashadigan sof fe’l va vazifadosh shakllardan tashkil topadi. Masalan: keldim — aniq nisbat, bo‘lishli, xabar mayli, o‘tgan zamon, birinchi shaxs, birlik kabilar muayyan grammatik kategoriyalarni ifodalovchi sof fe’llar hisoblansa; kelgan – sifatdosh, kelgach – ravishdosh, kelish -harakat nomi shaklida ekanligi esa fe’lning vazifadosh shakllaridir.

  2. Yordamchi fe’llar mustaqil lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmay, turli grammatik ma’no va vazifalarni yuzaga chiqarish uchun xizmat qiladigan fe’llardir. Yordamchi fe’llar o‘z xususiyatiga ko‘ra quyidagi turga bo‘linadi:

1) qo‘shma fe’l yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi fe’llar.Masalan:xabar qilmoq, xursand bo‘lmoq, tasdiq etmoq kabi;
2) kesim tarkibida bog‘lama vazifasini bajaruvchi yordamchi fe’llar. Bu vazifadagi yordamchi fe’llarga a) leksik ma’nosini mutlaqo yo‘qotgan sof bog‘lamalar, ya’niedi, ekan, emish to‘liqsiz fe’llari kiradi; b) leksik ma’nosini tamomila yo‘qotmagan bo‘ladi, bo‘lmaydi, deyiladi, hisoblanadi  kabi bog‘lamalar kiradi;
3) fe’llarga birikib, turli qo‘shimcha ma’no ifodalovchi ko‘makchi fe’llar: chiqo‘qib chiq, qol-uxlab qol kabi.
Fe’llarning bosh shakli uning o‘zak-negiziga –moq affiksini qo‘shish orqali yasaladi: o‘qimoq, ishlamoq, yozmoq, o‘tirmoq, o‘qib chiqmoq, bilib olmoq. Ular lug‘atlarda ham shu shaklda beriladi.

Yüklə 359,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin