91
suvi O’zbekiston hududida shakllanadi.
Sirdaryoning uzunligi 2140 km bo’lib, suv yig’ish maydoni 150 ming km
2
va yillik suv
hajmi 37,1 km
3
ni tashkil yetadi. Sirdaryoning qariyb 80% suvlari Qirg’iziston
hududida, faqatgina 13% suvi respublikamiz xududida shakllanadi.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, Orol dengizi xavzasining suv resurslarining
shakllanishiga Tojikiston Respublikasi alohida o’rin tutadi. Tojikiston hududida daryo
suvlarining hajmi 52,7 km
3
ni tashkil yetadi yoki Orol dengizi havzasiga quyiladigan
suvlarning qariyb 44% tashkil yetadi.
Bir kishi o’rtacha bir sutkada shaxsiy gigiena va maishiy
kommunal zaruriyatlari
uchun 150-450 litr suv ishlatadi. Ammo bu ko’rsatkich xizmat turiga va yaratilgan shart
sharoitlarga bog’likdir. Agar suv quvurlari va kanalizatsiya quvurlari mavjud bo’lmasa,
unda 30-50 litr suv sarflanadi. Agar suv quvurlari va kanalizatsiya quvurlari mavjud
bo’lsa, 180-230 litr suv sarflanadi. Markaziy isitish tizimida esa, bir kishi uchun
sutkasida 275- 400 litr suv sarflanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda bir kishi uchun bir sutkada o’rtacha 500-600 litr suv
sarflanadi. Ammo rivojlanayotgan mamlakatlarda esa bu ko’rsatkich 2-3 marotaba
kichik bo’lib, 200-250 litr suv sarflanadi.
Maishiy xo’jalik ehtiyojlari uchun bir kishiga bir sutkada shaharlarda 150 litr suv (bir
yilda 55m
3
suv), qishloq joylarida esa, 50 litr suv (bir yilda 18-20m
3
suv) sarflanadi.
Hozirgi paytda dunyoda 200 mln gektar yerlarni sug’orish uchun yiliga yer osti
manbalaridan va daryolardan 2800 km
3
suv olinmoqda. Bu esa daryo suvlarini 7 % ni
tashkil yetadi. Sug’orish uchun olingan suvning 80 % yoki 2300 km
3
suv ishlatilsa,
uning 20 % yoki 470-480 km
3
suv daryo va ko’llarga
oqava suv sifatida oqizilib
yuboriladi.
Bir tonna don etishtirish uchun 3 ming m
3
suv, bir tonna sholi yetishtirish uchun 7
ming m
3
, bir tonna makkajo’xori yetishtirish uchun esa, 1500 m
3
suv sarflanadi. 1 kg
o’simlik massasi hosil bo’lishi uchun o’simlik turiga qarab 150 m
3
dan 1000 m
3
gacha
suv sarf bo’ladi. Bir gektar g’o’zani sugorish uchun 12000-20000m
3
suv sarflanadi.
Respublikamizning yillik suv sarfi 62-65 km
3
bo’lib, shuning 25km
3
Amudaryodan,
11km
3
Sirdaryodan, qolgan qismi daryochalardan va yer osti suv manbalaridan olinadi.
Olinadigan umumiy suv miqdoridan 85 % yoki 53-55 km
3
ni qishloq xo’jaligi
tarmoqlari ehtiyojlarini qondirish uchun, 12-16 km
3
suv sanoat tarmoqlariga va atigi
3 % yoki 1,7 km
3
suv kommunal xo’jaligi korxonalarning ehtiyojini qondirish uchun
sarflanadi.
Xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari uchun olinadigan yillik suv miqdoridan (62-
65km
3
suvdan) 23-25 km
3
suv zovurlar orqali ochiq suv havzalariga qaytariladi.
Shundan 5km
3
suv Amudaryoga, 10 km
3
dan ziyodroq Sirdaryoga, qolgan 8-10 km
3
suv
kichik daryolarga va ko’llarga oqizilmoqda.
Respublikamiz hududidan oqib o’tadigan suvlar 4,8 mln gektar yerlarni
o’zlashtirib, ularni sug’orishga kifoyadir. Ammo hozirgi paytda 4,4 mln gektar yerlar
o’zlashtirilgan bo’lib, suvdan foydalanish koeffisienti 95-98 % ni tashkil etmoqda.
Shuning uchun respublikamizda ichimlik suviga va sug’orishga yaroqli bo’lgan
suvlarga ehtiyoj nihoyatda oshib bormoqda. Suv tanqisligi, chiqindi suvlarni tozalash va
ulardan qayta foydalanish muammolari vujudga kelmoqda.
92
Mutaxassislar Markaziy Osiyo sharoitini inobatga olib, ekinlarni sug’orishga o’rta
hisobda bir gektar yerga salkam 10 ming m
3
suv sarflanishi
maqsadga muvofiq
ekanligini asoslab berganlar. Amalda esa O’zbekiston xo’jaliklarida 1960-1990 yillar
mobaynida sug’oriladigan har bir gektar ekin maydoniga 17,2 ming m
3
suv sarflangan,
ya`ni 7,2 ming m
3
suv ortiqcha suv sarflanib kelingan.
1993 yilda har bir gektar sug’oriladigan yerga 13,2 ming m
3
, 1994 yilda 12,6 ming m
3
va 1995 yilda 11,2 ming m
3
suv sarflangan. Bu har yili qo’shimcha m
3
suvni tejab, uni
Orol dengiziga quyishga imkon beradi.
Shuni ham eslatib o’tish kerakki, yerlarni meliorativ holati viloyatimizda bir xil emas.
Shuning uchun 1 gektar yerni sug’orish uchun o’rtacha 5-20 ming m
3
suv sarflanadi.
Yer osti suv manbalari respublikamizning tabiiy boyligi bo’lib, undan ichimlik suv
sifatida, sug’orish, sanoatda va chorvachilik fermalarida keng foydalaniladi.
Yer osti suvlari asosan yog’ingarchiliklar va sug’orish suvlarining tuproq orqali
filtrlanishi tufayli tabiiy holda paydo bo’ladi. Hozirgi paytda yiliga 5,5 km
3
suv yer osti
suv manbalaridan olinmoqda. Agar bu ko’rsatkich 17,6 km
3
ga yetkazilsa, birinchidan,
yer osti suvlarining umumiy zahirasiga ziyon yetmaydi, ikkinchidan, yer osti suvlari
hisobiga Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlari qishloq aholisining
ichimlik suvga bo’lgan ehtiyojlari qondirilgan bo’lar edi. Chunki respublikamizda
shahar aholisi 85-95 %, qishloq aholisi esa 10-15% markazlashtirilgan ichimlik suv
ta`minotiga ega, xolos.
Bir tonna ko’mir qazib olish uchun 2-4 m
3
suv, 1 tonna neft mahsulotlarini qayta
ishlashga 30-40 m
3
suv, 1 tonna shoyi ishlab chiqarishga 400 m
3
, 1 tonna mis, karton
va qog’oz ishlab chiqarishga 500 m
3
suv, 1 tonna azotli o’g’itlar ishlab chiqarishga 600
m
3
suv, 1 tonna ip gazlamaga 1000-1500 m
3
suv, 1 tonna sintetik tola olish uchun 3500
m
3
1 tonna sintetik tola olish uchun esa 2500-5000m
3
suv sarflanadi.
Ishlab chiqarilgan bitta mahsulot birligiga sarflangan
suv miqdorini suv sarflash
koeffisenti deb ataladi va m
3
/t o’lchov birligida o’lchanadi. Masalan, 1 tonna nikel
ishlab chiqarishda 400 m
3
suv, 1 tonna ammiak ishlab chiqarish uchun 1500 m
3
suv, 1
tonna azot kislotasi ishlab chiqarish uchun 100 m
3
suv sarflanadi.
Kimyo sanoatida suv xom ashyo va reagent, isituvchi va sovutuvchi, erituvchi,
katalizator, xom ashyolarni texnologik jarayoniga tayyorlab beruvchi modda sifatida
qo’llaniladi.
Kimyo sanoati suvni eng ko’p sarflaydi, shuning
uchun bunday korxonalar suv
manbaiga yaqin joylarga quriladi.
Kapron tola ishlab chiqaradigan korxona, aholisi 120 mingga teng bo’lgan bitta
shahar suvini sarflaydi. Yirik elektr kimyo kombinatlari, 800 ming nafar axoliga
yetadigan suvni sarflaydi.
Shuni ham yodda tutish kerakki, suv yer yuzasining 70 % ni qoplaydi, uning
umumiy hajmi 1345 mln. km
3
bo’lib, chuchuk suv esa uning 2 %
ni tashkil yetadi,
xolos. Hozirgi paytda suv miqdorining atigi 12-15 % ishlatilib, ifloslangan holda ochiq
suv havzalariga oqizilmoqda. Suvning iste`moli esa, har 12 yilda 2 baravar
ko’paymoqda. Demak, aholining chuchuk suvga bo’lgan ehtiyoji kundan kunga oshib
bormoqda. Hozirgi paytda dunyo aholisining 1/3 qismi ichimlik suvini tanqisligiga
uchragan.
Xalk xujaligining turli soxalarida suvdan foydalanish dunyo mamlakatlari
93
o’rtasida turli ko’rsakichlariga ega. Masalan, agar Evropa mamlakatlarida sanoat
tarmoqlarida 48 % suv, qishloq xo’jaligida esa 39% suv sarflansa, Osiyo mamlakatlarda
bu ko’rsatkichlar mos ravishda 5 % va 88 % ni tashkil etadi. Agar Afrika
mamlakatlarida sanoat tarmoqlarida 4 % suv va qishloq xo’jaligida 72 % suv sarflansa,
Shimoliy Amerikada bu ko’rsatkichlar mos ravishda 36 % va 36 % suvni tashkil yetadi.
Agar Avstraliyada sanoat tarmoklarida 36 % suv va qishloq xo’jaligida 50 % suv
sarflansa, Mustaqil Davlatlar Xamdo’stligida bu ko’rsatkichlar mos ravishda 28 % va 62
% suvni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: