Tinch holatda turgan yoki nisbatan to’g’ri chiziqli tekis harakatlanayotgan sanoq sistemalari inersial sanoq sistemalari deyiladi. Bir tekis oqayotgan daryoda kema oqim bo’ylab suzib ketayotgan bo’lsa, sanoq
sistemasi sifatida qirg’oqni yoki suvni olish mumkin.
Xuddi shunday
, to’g’ri
chiziqli tekis harakatlanayotgan poyezd vagonida poyezd bo’ylab
harakatlanayotgan odam uchun sanoq sistemasi sifatida vagonni yoki Yerni olish
mumkin. Odamning vagonga nisbatan tezligi v, vagonning Yerga nisbatan tezligi u
bo’lsin. Agar odam vagonning harakatlanish yo’nalishi bilan bir xil yo’nalishda
bo’lsa, u+v bo’ladi. Harakat qarama-qarshi yo’nalishda bo’lsa, u-v bo’ladi.
Bunga Galileyning tezliklarni qo’shish qoidasi deyiladi.
Tajribalar inersial sanoq sistemalarida soatlar bir xil davr bilan yurishini ko’rsatdi.
Jismlarning ko’chishi sanoq sistemalarida bir xil kechmaydi. Chunki
harakatlanayotgan vagon ichidagi odamning vagonga nisbatan ko’chishi Yerga
nisbatan ko’chishidan kichik bo’ladi. Jism massasini tinch holatda turgan vagon
ichida o’lchangnda ham bir xil chiqadi.
Shunday qilib, inersial sanoq sistemalarda vaqt, massa, tezlanish va kuch bir xil
(invariant)bo’ladi.
Tinch holatda turgan
sanoq sistemasida kuch F ga
, massa m ga, tezlanish a ga teng
bo’lsa, to’g’ri chiziqli tekis harakatlanayotga sistemada mos ravishda F
’ , m
’ , va
a
’ bo’ladi. F = F
’ ;m= m
’ ;a= a
’ bo’lganligi tufayli, Nyutonning ikkinchi qonuni F =
F
’ =ma yoki F
‘
=m
’
a
’
kabi ifodalanadi. Bundan Nyuton qonunlari barcha inersial
sanoq sistemalarida o’rinli bo’lishi kelib chiqadi.