Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna


Fransiyada ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

Fransiyada ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari 
Fransiyaning ta’lim tizimi boy va qadimiy tarixga ega. Bu yerda 
“Ta’lim haqida”gi Qonun dastlab 1955 yilda qabul qilinib, 1975 yilda 
unga bir qator o‘zgartishlar kiritilgan. Fransiyaning hozirgi davrida amal 
qilayotgan “Ta’lim haqida”gi Qonuni 1989 yil 10 iyulda qabul qilingan. 
Fransiyada ta’limning asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol 
topishini ta`minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor 
munosabatlari sharoitida o‘quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va 
omilkorlikka o‘rgatish, shunga yarasha kasbkorga ega qilishdan 
iboratdir. Oliy ta’limda uch siklda bilim beriladi. 
Birinchi sikl umumiy, yoki texnik, ilmiy sohada oliy ma’lumot 
olish bilan yakunlanib, o‘qish 2 yil davom etadi. Ikkinchi siklda o‘qish 1 
yil davom etib, talabalar uni magistr darajalari bilan yakunlaydilar. 
Uchinchi sikl 1-2 yil davom etib, bunda:
- biron-bir predetni chuqurlashtirib o‘rganilganligi uchun diplom(bir 
yil);
- ixtisoslashtirilgan oliy ma’lumot to‘g‘risida diplom (bir yil);
- uchinchi sikl doktorlik dissertasiyasi (1,2 yil);
3.1.2-rasm. Fransiya oliy ta’lim bosqichlari 


Davlat doktorlik dissertasiyasi – biron-bir sohani mukammal 
o‘rganib, dissertasiya yozish kabi hujjatlar olish mumkin. Fransiyada 
oliy professional ta’lim berish keyingi 30 yil davomida qaror topdi. Bu 
qisqartirilgan maxsus ta’lim bo‘lib, unda o‘qish 2 yil davom etadi. 
O‘quv universitetlar yoki texnik litseylarda amalga oshiriladi. Uning 
bitiruvchilari ishlab chiqarish sohasida, xizmat ko‘rsatish sohasida va 
boshqalarda rahbarlik lavozimlarida ishlaydilar. Fransiyada oliy 
ma’lumot va ixtisos beruvshi oliy texnologik institutlar mavjud. Ular 
odatda 
sanoat, 
maishiy 
xizmat 
ko‘rsatish, 
informatika 
mutaxassisliklariga ixtisoslashtirilgan. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib, 
darslar haftasiga 30-35 soatni tashkil etadi. 8 haftalik ishlab shiqarish 
amaliyoti ham o‘tkaziladi. 
3.1.3-rasm. Fransiya oliy ta’lim bosqichlari 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin