Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna


Boloniya deklaratsiyasini imzolash



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

Boloniya deklaratsiyasini imzolash. Boloniya jarayoni asosan 
yevropa davlatlari uchun tashkillashtirilgan, bunda Osiyo davlatlari ham 
qatnasha oladimi? Boloniya jarayoni asosini yevropa Ittifoqi davlatlari 
yaratganiga qaramasdan, bugungi kunda yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lgan 
davlatlardan ikki barobar ko‘p davlat bu jarayonga qo‘shilgan (48 
mamlakat). Boloniya jarayoniga yana yevropa Ittifoqida bo‘lmagan 
Shveytsariya va Norvegiya, oltita Sharqiy hamkorlik mamlakatlari 
(jumladan, Belarus), Rossiya, Turkiya va Qozog‘iston ham qo‘shilgan. 
2010 yilda Budapeshtda Qozog‘istonning Boloniya deklaratsiyasiga 
qo‘shilishi haqida yakuniy qaror qabul qilingan. Qozog‘iston yevropa 
ta'lim tizimining to‘laqonli a'zosi sifatida tan olingan Markaziy 
Osiyodagi ilk davlat hisoblanadi.
Boloniya jarayoniga qo‘shilgandan so‘ng Qozog‘iston oliy ta'lim 
tizimida quyidagi katta o‘zgarishlar ro‘y berdi: 
– Qozog‘iston universitetlari hozirda dunyodagi 650 dan ortiq oliy o‘quv 
yurtlari tomonidan imzolangan Buyuk Xartiyaga qo‘shildi va bu 
mahalliy ta'limni yevropa standartlariga yaqinlashtirdi. Xartiyani 60 dan 
ortiq qozoq universitetlari imzoladilar. 
– Boloniya deklaratsiyasi tamoyillari asosida bakalavr — magistr — 
doktorlik dissertatsiyasining uch bosqichli modeliga o‘tish amalga 
oshirildi. 
– Oliy ta'lim muassasalarining ta'lim jarayoniga ilg‘or texnologiyalarga 
asoslangan ta'lim tizimi joriy etildi: barcha oliy ta'lim muassasalarida 
kreditlash texnologiyalari joriy etildi, 38 ta ikkita diplomli ta'lim, 42 ta 


masofaviy ta'lim yo‘lga qo‘yildi. Dublin o‘quv dasturi deskriptorlariga 
muvofiq, modulli ta'lim dasturlari, sillabuslar ishlab chiqilyapti, 
malakalar kvalifikatsiyasining milliy dasturi yaratildi. 
– «ECTS» (yevropa Kredit Transfer tizimi) joriy etildi, «ECTS» 
qoidalarini qabul qilish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma qabul qilindi (bu 
qo‘llanma 2015 yilning 14-15 may oyida yevropa mamlakatlarining 
ta'lim vazirlari konferensiyasida tasdiqlangan). 
– Xorijiy o‘qituvchilar va maslahatchilarni taklif qilish davlat 
buyurtmasi doirasida va universitetlarning byudjetdan tashqari 
jamg‘armalari hisobidan amalga oshirilyapti. 2009 yildan 2014 yilgacha 
bo‘lgan davrda 6927 nafar xorijiy olim va maslahatchi taklif qilindi. 
– Bugungi kunga kelib Qozog‘istonning 19 mingga yaqin fuqarosi 
dunyoning 35 mamlakatida ta'lim olishyapti va ta'lim, ilm-fan sohasidagi 
hamkorlik geografiyasi har yili kengayib bormoqda. Chet elda 
talabalarni o‘qitish quyidagicha amalga oshiriladi: xalqaro ta'lim 
almashuvi; 
chet 
el 
hukumatlari 
va 
xalqaro 
tashkilotlarning 
stipendiyalari; 
Qozog‘iston 
Respublikasi 
“Bolashak” 
xalqaro 
stipendiyasi yordamida. 
– Hozirgi kunda Qozog‘istonning 50 dan ortiq universitetlari Buyuk 
Britaniya, Irlandiya, Ispaniya, Chexiya, Germaniya, AQSh va boshqa 
yetakchi davlatlar universitetlari bilan ikki diplom daraja sistemasida 
ta'lim olib bormoqda. 
– Ta'lim sifatini ta'minlash borasida xalqaro hamkorlikni 
rag‘batlantirish uchun Qozog‘iston Respublikasi Ta'lim va fan vazirligi 
tomonidan Akkreditatsiya agentliklari milliy reestri tashkil etildi. Bu 
reestr Qozog‘iston Ta'lim sifatini nazorati bo‘yicha mustaqil agentligi 
(IQAA) 
(https://iqaa.kz/bolonskij-protsess/voprosy-i-otvety-bolonskij-
protsess ) bilan birgalikda 8 ta xorij agentliklarini o‘z ichiga oladi va 
ular birgalikda qiyosiy mezon va metodologiyani ishlab chiqish uchun 
hamkorlik qiladilar. 2009 yildan 2015 yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida 
IQAA 50 ta universitetni va 1100 dan ortiq dasturni institutsional 
akkreditatsiyadan o‘tkazdi, bunda dunyoning 25 mamlakatidan 153 
xorijiy ekspert, 1100 nafar mahalliy ekspert, shu jumladan, 190 talaba va 
200 dan ortiq ish beruvchilar jalb qilindi. Agentlik oliy ta'lim sifatini 
ta'minlash uchun akkreditatsiya standartlarini yevropa oliy ta'lim 
sohasidagi mavjud standartlar va qo‘llanmalar bilan muvofiqlashtirish 
ustida ishlamoqda. 
– Qozog‘istonda Respublika Ta'lim va fan vazirligi qoshida Boloniya 
jarayoni va akademik mobillik markazi amaliyot olib boradi. Uning 


asosiy maqsadi oliy ta'lim tizimining raqobatbardoshligini ta'minlash 
maqsadida Qozog‘iston Respublikasida mamlakat va Universitet 
darajalarida Boloniya jarayonining kelishilgan prinsiplarini to‘g‘ri va 
to‘liq amalga 
oshirishga ko‘maklashishdan iborat (http://enic-
kazakhstan.kz/ru/about/o-centre ). 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin