usul bilan GFR dagi ta’lim tizimiga o‘tkazib o‘qishdan iborat. Ammo,
buning ham o‘ziga xos muammolari bor. Birinchidan mablag‘ masalasi
bo‘lsa, ikkinchidan sobiq GDR dagi ta’lim
jarayoni qatnashshilarining
bu o‘zgarishga munosabatidir.
Germaniyada ta’lim davlat va jamiyat tomonidan ardoqlanayotgan
soha bo‘lib, u mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga barakali
hissa qo‘shib kelmoqda. Germaniya ta’lim tizimida muhim bosqich
hisoblanib, uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Germaniyada bolalar
bog‘chalari ta’limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat ta’lim
tizimi tarkibiga kirmaydi. Ota onalar ham qisman pul to‘laydilar. 3
yoshdan 6 yoshgasha bo‘lgan bolalarning 80 foizi bolalar bog‘chasiga
qatnaydi. Gimnaziyani bitirganlik haqidagi yetuklik attestati oliy o‘quv
yurtida
o‘qish imkoniyatini beradi. Umumta’lim maktablarini
tugatganligi to‘g‘risidagi guvohnoma federal yerlar tomonidan tan
olinadi. Germaniya hunar ta’limi tizimi turli tipdagi o‘quv yurtlari va
o‘qitishning turli shakllariga ega. Eng ko‘p
tarqalgan va rivojlangan
shakli hunar ta’limining “Dual” tizimidir. Bu tizimda tayanch
maktablarning 50 foizi va to‘liq o‘rta maktablarning 16 foizi o‘qishni
davom ettiradi. Xalq universitetlariga X1X asrning oxirlarida
Skandinaviya
namunasiga
asos
solindi.
Germaniya
Federativ
Respublikasining g‘arbiy qismida qariyb 850 xalq universitetlari bo‘lib,
joylarda ularning 4 mingga yaqin filiallari ham ishlaydi. Ular asosan
jamoa, tuman yoki ro‘yxatdan o‘tgan jamiyatlar tasarrufidadir.
Viloyatlar ularni pul mablag‘i bilan ta`minlab turadilar.
3.1.1-rasm. Germaniya uzluksiz ta’lim bosqichlari
Hunar-texnika taʼlimi tizimida hunar maktablari, texnika va
muhandislik bilim yurtlari, turli ixtisoslikdagi oʻrta maxsus taʼlim
maktablari hamda maxsus oliy maktablar bor. Oliy taʼlim
tizimiga
universitetlar, oliy oʻquv yurtlari, oliy badiiy maktablar, texnika
maktablari va boshqalar kiradi. Ularda oʻqish pulli. Eng yirik va qadimgi
oliy
oʻquv
yurtlari:
Geydelberg,
Leypsig,
Rostok,
Berlin
universitetlari.
1960-yildan
keyin yana 20 ta universitet tashkil etildi.
Ularning yonida texnika oliy bilim yurtlari va pedagogika institutlari
mavjud. Maxsus oliy oʻquv yurtlari oliy taʼlimning eng yosh va
hammaga manzur toifasi hisoblanadi. Ulardagi taʼlim
ayniqsa
muhandislik, iqtisodiyot, ijtimoiy taʼminot, dizayn va qishloq xoʻjaligi
sohalarida koʻproq amaliy tarzda olib boriladi. Germaniyada har yili 10
million fuqaro bilim saviyasini oshirish imkoniyatiga ega. Malaka
oshirishning eng yaxshi va samarali shakli xalq universitetlaridir.
Germaniyada 11 ta mintaqalararo iqtisodiyot oʻquv markazi va 30 ta
malaka oshirish instituti mavjud. Yirik firmalar oʻz xodimlari uchun
alohida kurslar tashkil etadi.
Mamlakatdagi ilmiy tadqiqot ishlari oliy oʻquv yurtlarida, davlat va
xususiy ilmiy tadqiqot muassasalarida va iqtisodiyot ilmiy tadqiqot
boʻlimlarida olib boriladi.
Tadqiqotlarda Dyusseldorf, Gyottingen,
Geydelberg, Leypsig, Mayns va Myunxenda joylashadi Fanlar
akademiyasilari va
1992-yil
qayta tashkil etilgan Berlin-Brandenburg
badiiy akademiyasi oliy oʻquv yurtlari bilan uzviy hamkorlik qiladi.
Mamlakatda 60 dan ortiq ilmiy muassasa va ularning filiallari mavjud.
“XXI-asr texnologiyalari” deb atalgan ishlardan tashqari, jumladan,
transport, ekologiya, sogʻliqni saqlash,
informatika, shuningdek mayda
va oʻrta korxonalarni qoʻllab-quvvatlash sohalarida tadqiqotlar olib
boriladi.
Germaniyada 3 mingdan koʻproq muzey bor. Yerlar, shaharlar,
uyushmalarning muzeylari, oʻlkashunoslik va xususiy muzeylar,
ibodatxonalar, qasrlar, saroylardagi muzeylar,
ochiq havo ostidagi
muzeylar shular jumlasiga kiradi. Eng yirik muzeylari: Axendagi sobor
xazinasi, Yangi galereya, Berlindagi „Prussiya madaniy bisoti“ davlat
muzeyi, Bonndagi shahar sanʼat asarlari majmuasi, Drezdendagi Eski va
Yangi ustalarning rasmlar galereyasi, „Kuk gumbaz“, Essendagi
„Folkvang“ muzeyi kabi sanʼat muzeylari, Bonndagi Reyn viloyat
muzeyi,
Kyolndagi Rim-Germaniya muzeyi, Myunxendagi Bavariya
milliy muzeyi kabi madaniytarixiy muzeylar, Berlin, Frankfurtmayn,
Gyottingen, Hamburg, Kil, Kyoln, Lyubeke, Myunxen va Shtutgartdagi
etnografiya muzeylari va boshqalar. Yirik kutubxonalari: Myunxendagi
Bavariya davlat kutubxonasi (6 milliondan ortiq asar saqlanadi).
Prussiya madaniy bisoti“ning Berlindagi davlat kutubxonasi (4 million
asar), Kyolndagi Markaziy kutubxona, Volfenbyuttedsagi gersog Avgust
nomidagi kutubxona (660 mingdan ortiq asar) va boshqalar.
https://grantlar.uz/blog/germaniya-oqish-bepul-bolgan-universitetlar/
Dostları ilə paylaş: