Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

Shveysariya ta’limi tizimi 
Shveytsariya maorif tizimi moslashuvchanligi bilan ajralib turadi: 
to‘rtta rasmiy til davlat tili maqomiga ega bo‘lgan Shveytsariya davlati 
turli xil ta'lim dasturlarini taklif etish imkoniyatiga ega. Shveytsariya 
maorif tizimining noyobligi shundaki, uning doirasida an'anaviy 
Yevropa ta'lim uslublari, Amerika standartlari va mahalliy kolorit 
uyg‘unlashib ketgan. 
So‘nggi o‘n yilliklar tendensiyalari quyidagicha: xorijda ta'lim 
olishni rejalashtirgan maktab va kollej o‘quvchilarining ko‘pchiligi 
o‘qish uchun Shveytsariyani tanlamoqdalar. Bugungi kunga kelib o‘z 
farzandlarini bilim olish uchun aynan shu ko‘p tilli va ko‘p madaniyatli 


mamlakatga 
yuborishni 
istagan 
Rossiya 
va 
MDH 
davlatlari 
fuqarolaridan iborat mijozlar bazasi shakllanib ulgurgan. 
Shveytsariyada o‘rta ta'lim uchun to‘lov UK maktablaridagi to‘lov 
miqdoridan birmuncha yuqori. Shunga qaramay, Shveytsariya bilan 
“Yer kurrasining pansioni” nomi uchun kurashayotgan Buyuk 
Britaniyaning “taxti” qimirladi deyish mumkin. Taqqoslanadigan 
bo‘lsa, nufuzli Shveytsariya pansionlarida bir yil o‘qish uchun taxminan 
$65000 to‘lash kerak, Britaniyadagi boarding school maktiblarida o‘qish 
haqi juda kam hollarda $55000 dan oshadi. 
Shveytsariya pansionlari Britaniya pansionlaridan sezilarli darajada 
farq qiladi: 
Shveytsariyada barcha maktablar xalqaro maktablardir, chunki chet 
elliklar o‘qishi uchun moslashtirilgan - o‘quvchilar orasida mahalliy 
aholi vakillarining ulushi juda kam. 
Britaniyaliklar esa, aksincha, o‘z maktablarida chet elliklar sonini 
cheklaydilar. 
Maktablarda britaniyacha tarbiyaning prinsiplaridan biri - asketizm. 
Shveytsariya pansionlari esa ko‘proq interyeri puxta o‘ylangan, 
shinam jihozlangan nufuzli tog‘ sanatriylarini eslatadi. 
Shveytsariya pansionlarining o‘quvchilari ko‘p vaqtni ochiq havoda 
o‘tkazadilar (ko‘pincha, darslar tabiat qo‘ynida o‘tkaziladi), toqqa 
chiqadilar - ko‘pchilik tog‘ safarlarining yo‘nalishlari alma mater 
derazasining tagidan o‘tadi. 


Shveytsariya 
pedagoglari 
o‘z 
o‘quvchilaridan 
(ayniqsa 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan) qat'iy intizomga to‘liq rioya qilishni 
talab etmaydilar, bunda ular salohiyat va imkoniyatlar, agar ular bolada 
bor bo‘lsa, har qanday sharoitda o‘zini namoyon qiladi, degan prinsipga 
amal qiladilar. Buning natijasi o‘laroq, Shveytsariya boshlang‘ich 
sinflarining o‘quvchilari akademik masalalarda o‘zlarining boshqa 
mamlakatdagi tengdoshlaridan biroz orqada qoladilar, biroq, chet tilini 
yaxshiroq o‘zlashtiradilar va jismoniy tayyorgarligi yaxshiligi bilan 
ajralib turadilar. 
Britaniya yopiq maktablaridagi qattiq intizom hammaga ma'lum: 
darslarni o‘zlashtirish, qat'iy tartibga rioya qilish va so‘zsiz itoat - 
Qirollikdagi maktab ta'limining asosini tashkil etuvchi uchta “ustun”. 
Shveytsariyada esa poliglot va kosmopolitlarni tarbiyalaydilar - 
britaniyaliklar esa hammani chin “anglosaks”ga aylantirishga harakat 
qiladilar. 
XX asrning 20-yillarida Shveytsariya maktablarida 20 tagacha 
milliy seksiyalar ishlardi va istalgan Yevropa davlatining dasturini 
tanlash mumkin edi. Bugungi kunga kelib Shvnysariya ta'lim modelida 
bunday 
rang-baranglik 
qolmagan, 
ammo 
o‘quvchiga tanlash 
imkoniyatini berish va bir necha muqobil variantlarning bor bo‘lishi 
ustuvor prinsipligicha qolgan. 
Bugun konfederatsiyaning maorif tizimi segmentlarga bo‘lingan va 
quyidagilarni ko‘zda tutadi: 
MATURA Shveytsariya federal dasturi; 
Chet elliklar juda katta qiziqish bildiradigan ingliz-amerika dasturi; 
Uchta davlat tiliga moslashtirilgan nemis, fransuz va italyan 
dasturlari. 
Shveytsariyada qariyb 250 ta xususiy maktab faoliyat yuritadi, 
ularning aksariyat qismida ta'lim turli tillarda olib boriladi, xususan: 
 
maktablarning 250 tasida ham boshqa tillar bilan bir qatorda 
fransuz tilida dars o‘tiladi; 
 
nemis tilida ham dars o‘tiladigan maktablar 2 marta kam; 
 
italyan tilida ham dars o‘tiladigan maktablar soni esa 20 marta 
kam. 
Har toifadagi Rossiya kiborlari uchun Shveytsariya pansioni - bu 
rusumga kirgan brend, tasavvur, assotsiatsiya, his-tuyg‘ular va 
qadriyatlar 
majmui 
bo‘lib, 
ishonch 
bilan 
aytish 
mumkinki, 
“Shveytsariya sifati” tushunchasi bilan bog‘liq barcha elementlarni o‘z 
ichiga oladi. 


“Sara kishilar mamlakati” - obodonlashtirilgan va osuda 
Shveytsariyani ko‘pincha aynan shunday ataydilar. “Sara kishilar” soni 
esa so‘nggi yillarda ko‘payib bormoqda, Alp respublikasining o‘zi esa 
borgan sari ko‘proq “Yevropa sifati darajasidagi ta'lim” tushunchasi 
bilan bog‘lanmoqda. Farzandini mashhur Shveytsariya maktablaridan 
biriga o‘qishga berish bugungi kunda ota-onaning davlatmandligi 
ko‘rsatkichi va bolaning kelajakda katta muvaffaqiyatlarga erishishi 
kafolati. 
Shveytsariya maktablariga hali hunuz yulduzlar kasalligiga uchrash 
xavf 
solmayapti. 
Taassufki, 
Shveytsariya 
boarding 
school 
maktablarining katta og‘alari haqida ko‘p narsa ma'lum emas. 
Ajablanarli tomoni ham aynan shunda. “Shveytsariya oliy o‘quv yurti” 
tushunsa pishloq, shokolad va Rolex kabi hammaga ma'lum va mashhur. 
Shveytsariya universiteti tilga olinganda bir qator ma'nodosh 
tushunchalar hayolga keladi: xortirasini “kavlashtirish”ni juda yaxshi 
ko‘radiganlardan kimdir taniqli psixoanalitik Freydni eslaydi, yana 
kimdir Eynshteynni tilga oladi, nisbiylik nazariyasi otasi Shveytsariyaga 
taalluqlidek tuyuladi, ammo hech nima deyolmaydiganlar ham uchraydi. 
Oxirgi toifaga kiradiganlar, hartugul, ko‘p emas. Bir qancha Nobel 
mukofoti 
laureatlarini 
tarbiyalagan 
Shveytsariya 
universitetlari 
to‘g‘risida ma'lumotlar kam. Odamlar mamlakatimiz kiborlarining 
tilidan tushmaydigan pansionlar to‘g‘risida ko‘proq bilishadi. Paradoks 
shundaki, bayon etilganlarga qaramay universitetlarning dong‘i va 
nufuzi geometrik progressiyada oshib bormoqda. Demak, o‘qishga 
kirayotganlar soni ham oshmoqda: Shveytsariya universitetlarida 
o‘qiydiganlarning 
soni 
ham 
ko‘paymoqda: 
Shveytsariya 
universitetlarida tahsil oladiganlarning 18 foizini chet elliklar tashkil 
etadi. 
Jeneva 
universitetida 
esa 
bu 
ko‘rsatkich 
35 
foizga 
yaqinlashmoqda. Xorijiy oliy o‘quv yurtini bitirganlik to‘g‘risidagi 
diplom - sifat sertifikati va porloq kelajak kafolati. Diplom - bu Alp 
tog‘lari qo‘ynidan joy olgan “bilim gulshani” ma'lum muddat sizning 
ikkinchi 
uyingiz 
bo‘lganidan, 
“Shveytsariya OLIY SIFATI” 
tushunchasini sizga nisbatan ham qo‘llash mumkinligidan dalolat beradi. 
Shveytsariyaliklar o‘z universitetlarida chet ellik talabalarni 
ko‘rishdan doim mamnunlar. Boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas - 
axir Shveytsariya kontinental Yevropadagi eng ko‘p madaniyatli va ko‘p 
tilli mamlakat. Kichkina davlat - davlat tili esa to‘rtta. Bundan ortiq 
hamjihatlik bo‘ladimi! 


Biroq, chet ellik talabalar borasida ayrim cheklashlar bor, albatta. Bu 
noyob mamlakatda tug‘ilish baxtiga muyassar bo‘lmagan Eskulap 
ixlosmandlari moviy ko‘llar, Alp tog‘ining go‘zal manzaralari va 
musaffo Shveytsariya tog‘lari havosini orzu qilmasalar ham bo‘ladi. 
Tibbiyot xodimlarining obro‘si baland, hakimlik hunari shunchalik ko‘p 
daromad keltiradiki, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘z fuqarolari uchun 
ham joy yetmaydi. Chet el fuqarosining Shveytsariyada doktorlik 
diplomini olishi - bu ertak. Hatto stomatolog yoki veterinariya vrachi 
kabi kasblarda ham muhojirlarga o‘rin yo‘q. Boshqa kasblarga esa 
bajonidil o‘qitishadi. 
Universitet ta'limi tizimi 10 kanton universitetini (Bazel, Bern, 
Syurix, Jeneva, Lugano, Lozanna, Lyutserna, Nevshtatel, Sankt-Gallen, 
Fribur universitetlari), 2 ta federal texnologiya institutini (Lozanna 
Federal politexnika maktabi va Syurixdagi Shveytsariya oliy texnika 
maktabi), shuningdek universitet darajasidagi institutlarni (eng taniqlisi - 
Jeneva 
xalqaro 
munosabatlar 
universiteti), 
amaliy 
fanlar 
universitetlarini, musiqa va san'at oliy o‘quv yurtlarini, pedagogika 
institutlarini o‘z ichiga olgan. Bu ro‘yxatga universitetlarni 
muvofiqlashtiruvchi va ta'lim sifatini nazorat qiluvchi Swiss University 
Conference (SUC) - Kantonlar va Shveytsariya konfederatsiyasi 
birlashgan tashkiloti akkreditatsiyasini olgan barcha ta'lim muassasalari 
kiradi. 
XX asrning 90-yillari boshida o‘zlari va o‘z farzandlari uchun eng 
zo‘r 
narsalarga erishishga intilgan “yangi russlar” orasida 
Shveytsariyada o‘qish juda nufuzli hisoblanar edi. Eng muhimi - eng a'lo 
va eng qimmat bo‘lsin. Doim tolerantligi bilan ajralib turgan 
shveytsariyaliklar “madaniy shok”ni boshdan kechirib, o‘quv 
muassasalariga talabalarni saralab olish talablarini oshirdilar. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin