Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

Ta’limda modulli-kredit tizimi. Bugungi kunda oliy ta’lim tizimi 
oldidagi eng asosiy vazifa malakali mutaxassisni tayyorlash. Bunday 
mutaxassisni tayyorlash uchun, albatta, unga nisbatan surilayotgan 
talablar tizimini aniqlab olish kerak. Ushbu savolga javob qidirib, 
quyidagi to‘rt yo‘nalishdagi talablar tizimiga duch keldik: 
 
O‘z sohasi bo‘yicha zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega 
bo‘lish.
 
Sohaga oid mavjud bilimlarini doimiy ravishda mustaqil oshirib 
borish, ya’ni mustaqil ta’limga tayyor bo‘lish.
 
Sohaga innovatsiyalar kiritish uchun mustaqil izlanish va ijod 
qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lish. 
 
O‘z vaqtini rejalashtirish, boshqarish va o‘z faoliyatini tashkil 
etish ko‘nikmasiga ega bo‘lish. 
Modulli yondashuv erishilgan natijani izchil nazorat qilib borishga 
asoslangan. Natijada modul-kredit tizimi vujudga kelgan. 
Kredit – (zachet birligiga aylanuchi Yevropa tizimi (ECTS) 
(European Credit Transfer and Accumulating System)) kredit jamlash 
tizimidir. Ushbu tizim yevropa universitetlarida 1989 yilda o‘tkazilgan 
tadqiqotlardan muvafaqqiyatli o‘tdi va qabul qilindi. U tinglovchining 
umumiy yuklamasiga asoslanadi.
Kredit tizimini kiritishdan maqsad ta’limning shaffofligini va 
akademik bilimlarni hamda kvalifikatsiyani tan olishni osonlashtirish 
bo‘lib hisoblanadi.
Dastlab kredit chetdan kelib o‘qiyotgan tinglovchilar uchun 
ishlatilgan va unga ishonch bildirilgan. Oliy ta’lim muassasalari uchun 
yagona kreditlarni o‘rnatilishi esa tinglovchilarning mobilligini 
ta’minlashga yordam berdi. Bugungi kunda yevropa kredit tizimi 
Yevropaning deyarli barcha davlatlarida tan olingan va amal qiluvchi 
tizimdir. Tinglovchi o‘rnatilgan kredit ballarini to‘plagan taqdirdagina 
diplom olishga muvaffaq bo‘ladi. 
LMS ta’lim tzimi va bugungi kundagi istiqbollari. Axborot- 
kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim jarayonida (xususan, masofaviy 


ta’lim jarayonini) qo‘llash asosan ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi. 
Birinchi sharti bu texnik jihozlar bo‘lsa, ikkinchi sharti esa maxsus 
dasturiy ta’minotlar bilan ta’minlanganligidir. 
Texnik jihozlar bilan ta’minlanganlik: kompyuterlar, tarmoq 
qurilmalari, yuqori tezlikdagi internet tarmoqlari, videokonferensiya 
jihozlari va hokazo. 
Dasturiy ta’minotga mavjud qurilmalarni ishlatadigan dasturiy ta’minot-
lardan tortib shu soha uchun mo‘ljallangan dasturlar to‘plami kiradi. 
So‘nggi yillarda G`arbda ta’lim tizimini boshqarishda qo‘llanib 
kelinayotgan Internet yoki Intranet tarmog`i orqali elektron shakldagi 
ta’lim turi Elearning (elektron ta’lim) atamasi bilan kirib keldi. Elektron 
ta’lim —axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosidagi ta’limning 
turli ko‘rinishlarini anglatuvchi keng tushunchadir. Elektron ta’limni 
tashkillashtirishning 
ko‘pgina 
manbalari 
orasidan 
quyidagilarni 
ko‘rsatish mumkin: Mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring tools), 
Virtual ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS (Learning 
Management Systems), Ichki kontentni boshqaruvchi tizimlari CMS 
(Content Management Systems). 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin