162
namunaga bosib qancha ichiga kirganligini aniqlash. Jinsni har bir turini
shtamplarni bosishiga qarshiligini sinash kerak. Jins massivlarini sindiruvchi
darzliklarni yig’indisi tog’ jinslarining darzliligi deyiladi. Darzlilik darajasi boshqa
tektonik buzilmalar bilan birgalikda jins massivi strukturasini,
qattiqligi va
chidamliligini (deformatsiyaga bardoshligi, suv o’tkazuvchangligi, namligi,
seysmik mustahkamligi va b.) xarakterlaydi.
Darzliklarni ochiqlik (bir biri bilan bog’langanlik) darajasi imkon
bo’lganda jinsni sindirish orqali aniqlanadi. Darzliklar yopiq (gohida zo’rg’a
ko’rinadigan) va ochiq turlarga bo’linadi: a) kappilyar, eniga 0,25 mm.dan ko’p
bo’lmagan; b) nokappilyar, eniga 0,25 mm.dan ko’p bo’lgan.
Agar darzlikni ichi
qandaydir material bilan to’lmagan bo’lsa uni chuqurligini o’lchash mumkin.
Ochiq darzlikning chuqurligini o’lchash mumkin, masalan unga yupqa
lenta tushirish orqali. Darzliklarni yozishda (tasvirlashda) uni shakli, devorlarini
yuzasi (silliqligi, g’adir budirligi,yaltiroqligi va b.), darzlik yuzasida qoplamalarni
(temirli-zangli, ohakli va b.)
mavjudligi, qoplamalarga bog’liqligi, darzlikni
to’ldiruvchi va uni chuqurlik sari shaklini xarakterli tomonlariga baho beriladi.
11-chizmada (rasmda) yirik darzliklar (yoriqlar) tizimi bilan bloklarga
bo’lingan ohaktosh massivi ko’rsatilgan. Darzlilik rivojlangan uchastkalar,
nisbatan yirik darzliklar rasmga olinadi yoki eskizi chiziladi.
Yer yuzida ochiq
joylashgan tog’ jinslaridagi, kesmalardagi va boshqa bunday darzlik bor joylar
nomerlanadi va jurnalga tarqalgan joyi yozib qo’yiladi. Darzliklarni uchrash
chastotasi soni o’rganilayotgan maydon o’lchamiga qarab boholanadi. Odatda,
darzliklar rivojlangan 5 - 10 ta uchastkalar tanlanib masshtabga amal qilgan holda
eskizlari chiziladi. Bir vaqtning o’zida darzliklarni soni va eni o’lchanadi, tog’
jinsi darzliklarini ko’rsatkichlari hisoblanadi va bunda quyidagi ko’rsatkichlardan
foydalaniladi:
1) darzlik (yoriq)
modulidan, 1939 yilda A.I.Silin-Bekchurin tomonidan
taqdim etilgan, ya’ni tog’ jinsining 1 p.m ga to’g’ri keladigan darzliklar
(yoriqlar) soni;
163
2) solishtirma cho’zilishdan, 1951 yilda A.V.Korolev tomonidan taklif
qilingan, ya’ni ochiq darzliklar hajmini tog’ jinsi hajmiga
nisbati bilan foizlarda
ifodalanadi;
3) darzliklar zichligidan: tog’ jinslarini darzliligining intensivligini eng
ob’ektiv - hajmli kriteriyasidan. U jinsni ma’lum bir hajmini kesib o’tuvchi barcha
darzliklar devori maydoni (yuzasi) miqdorini yarmini uning o’lchamiga nisbati
bilan belgilanadi (aniqlanadi).Zichlik yuzasi sm/sm2 da o’lchanadi;
4) darzliklarni quyyuqligidan (zichligi,ko’pligi) – bu darzli jinsni l
bo’limida joylashgan barcha darzliklarni to’liq uzunligini S bo’limni ikki baravar
ko’paygan maydoniga nisbatidir:
G=l/2S
Darzlikning zichligi jinsni tarkibiga,
zichlanish darajasiga, qalinligiga,
metamorfizmga, strukturaviy sharoitiga, o’z ichiga olgan muhitning tarkibi va
xususiyatlariga bog’liq bo’ladi.
5) quyidagi formula bilan darzliklarni solishtirma zichligi aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: