Muhandislik geologik tadqiqotlar



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/204
tarix28.11.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#168315
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   204
-qullanma (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


184 
24. MUHANDISLIK - GEOLOGIK QIDIRUV ISHLARINING 
VAZIFALARI VA USULLARI. MUHANDISLIK - GEOLOGIK QIDIRUV 
ISHLARINING TURLARI VA USULLARI. DALA ISHLARI 
24.1. Muhandislik - geologik qidiruv ishlarining vazifalari va usullari. 
 
Bino va inshootlarni loyihalashda har bir rayonning tabiiy xususiyatlarini 
hisobga olish lozimdir. Muhandislik - geologik qidiruv ishlari qurilish maydonini 
muhandislik - geologik nuqtai - nazardan asoslash uchun olib boriladi. Faqatgina 
muhandislik - geologik sharoitlarni puxta hisobga olishgina, loyihalanayotgan 
binoning joylanishi, uning o’lchamlari, poydevor konstruktsiyalari va boshqa 
elementlarini, qurilayotgan inshootga turli geodinamik jarayonlarning salbiy 
ta’sirini, qurilish muddati va xarajatlarni oshib ketishini baholash va isbotlashga 
imkon beradi. Qurilish uchastkalarida muhandislik - qidiruv ishlarini olib borish 
uchun dastavval loyiha tuzish lozim. Loyiha dasturida muhandislik - geologik 
qidiruv ishlarida ko’zda tutilayotgan asosiy maqsad geologik, geomorfologik,
gidrogeologik sharoitlarni, tabiiy geologik, muhandislik-geologik jarayonlarni, 
tog’ jinslarini xossalarini o’rganishdan iborat. Muhandislik - geologik qidiruv 
ishlari natijasi tahlili asosida qurilish uchun muhandislik - geologik nuqtai - 
nazardan maydon, (trassa, uchastka) tanlanadi. Muhandislik - geologik qidiruv 
ishlari majmuasiga qurilish maydonining muhandislik - geologik sharoitiga ta’sir
etuvchi ko’plab tabiiy omillar kiradi: fizikaviy – geografik xususiyati, rel’ef 
shakli, ularni hosil bo’lish omillari, Yer yuzasining mutloq balandligi, yuzali suv 
havzalari ( ko’l, suv ombori). 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin