181
chiqarib tashlash, shamollatish, material-larni yuqoriga chiqarish, odamlarni pastga
tushirib chiqarish maqsadlarida foydalaniladi. Mustahkam bo’lmagan tog’
jinslaridan o’tadigan
Shurflar mustahkamlanadi, chuq. 10 m dan ortiqlari
shamollatiladi. Shurf-lar kvadrat yoki to’g’ri to’rtburchak, yumaloq shakllarda
bo’ladi.
Shaxta
, shaxta stvoli - kon ishlarini bajarish uchun,
yer yuzasiga chiqish
yo’liga ega bo’lgan, yer ostidagi tik yoki nisbatan qiya, ko’ndalang kesimi uncha
katta bo’lmagan (4,5*6,5 m gacha) kon inshooti. Shaxtalar liftlar,
izli yoki
konveyerli transportlar bilan, qurilish paytida esa paqirlar bilan jihozlanadi. Shaxta
larning ko’ndalang kesimi dumaloq, ba’zan to’g’ri burchakli, kamdankam elliptik
shaklda bo’ladi. Nisbatan qiya shaxta stvollari to’g’ri burchakli, ravoq shaklida va
dumaloq bo’lishi mumkin. Shaxta devorlari beton, temirbeton, katta hajmli
temir va cho’yan gardishlar bilan mustahkamlanadi.
Shaxta stvoli odamlarni
tushirib-chiqarish, mustahkamlovchi yog’ochlarni tushirish, rudaga aralashgan -
keraksizjinslarni chiqarib olish va shaxtani shamollatish,
yer osti suvlarini
chiqarish va razvedka maqsadlari uchun kavlanadi. Shaxta stvoli turlaridan - yer
yuzasiga chiqish yo’liga ega bo’lmagan (ko’r stvol), shaxtaning past qismidan
yuqori qismiga foydali qazilmalarni tashib beruvchi tik kon inshooti mavjud.
Shaxta larning xizmat ko’rsatish muddati katta konlarda 50 - 70 yilga yetadi.
Dunyoda eng chuqur shaxtalar (chuqurligi 4 - 4,5 km) Hindiston («Chempion Rif»
shahrisi)da va JAR («Vitvatersrand» va boshqalar)da mavjud. U yerdan oltin,
kumush va olmoslar qazib chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: