185
24.2.Gruntlarning fizikaviy - mexanikaviy xususiyatlari.
Gruntni qurilish materiali sifatida bahosi.
Muhandislik - geologik qidiruv ishlarining vazifasi va umumiy ko’zlangan
maqsadi turli muhandislik inshootlari uchun umumiydir. Ammo inshootning turiga
qarab, muhandislik - geologik qidiruv ishlari yo’nalishi va ko’rinishlari ma’lum
xususiy xarakterga ega bo’lishi mumkin.
Har qanday qurilish loyihasi bir necha bosqichlarda olib boriladi:
Texnikaviy – iqtisodiy doklad;
Loyihaviy topshiriqlarni tuzish;
Texnikaviy loyihani ishlab chiqish.
Oxirgi ikki bosqich odatda - texnikaviy - ishchi loyihalashga mujassam-
lanadi. TIL - bosqichida - arxiv, fond va adabiyot materiallarini
tabiiy sharoit
haqidagi ma’lumot asosida qurilishni texnikaviy imkoniyati, iqtisodiy va ekologik
jihatlari ko’rib chikiladi. Bu bosqichda maxsus muhandislik - geologik qidiruv
ishlari kamdan - kam olib boriladi. Odatda maxsus
muhandislik - geologik
qidiruv ishlari yirik inshootlar qurishda yoki murakkab tabiiy sharoitlarda olib
boriladi.
Muhandislik - geologik qidiruv ishlarining loyihaviy topshiriq qismi, TIL
bosqichida ko’zda tutilgan “tanlovli” uchastkalarda bajariladi. Ishdan maqsad eng
maqbul muhandislik - geologik sharoitli maydonni tanlab olishdir. Muhandislik -
geologik qidiruv ishlari ma’lumotlari asosida, loyihalashning
bu bosqichida
inshootning asosiy yordamchi elementlarni joylashtirishni, poydevorning turi va
konstruktsiyasini
tanlab olishlari, yer ishlarini ishlab chiqarish texnologiyasini eng
ratsional usullarini tanlab olishlari mumkin. Bu bosqichda dala muhandis-geologik
qidiruv ishlari o’tkazilib, asosiysi, muhandislik - geologik s’yomkadir. Texnikaviy
va texnikaviy - ish loyihaviy bosqichda muhandislik - geologik qidiruv ishlari
tugallangan tanlangan uchaskada
olib borilib, faqat inshoot chegarasi hududlarida
olib boriladi. Asosiy e’tibor gruntlarning fizikaviy - mexanik xususiyatlarini
o’rganishga qaratilgan bo’lib, bundan ko’zlangan maqsad inshootning, qiya
joylarni turg’unligini hisoblashdir.
Ulardan tashqari, ishchi chizmasi bosqichida,
186
bu davrda boshlanayotgan qurilish jarayonida kelib chiqadigan muhandislik-
geologik masalalariga aniqliklar kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: