26. SANOAT QURILISHIDA MUHANDISLIK - GEOLOGIK QIDIRISH ISHLARI 26.1.Texnikaviy loyiha, ish chizmasi (ikki bosqichli loyihalash) 26.1.1.Texnikaviy ish loyihasi (bir bosqichli loyihalash) Hozirda sanoat qurilishida muhandislik - geologik qidirish ishlari 2,3
bosqichlarda olib boriladi.
Texnikaviy loyiha bosqichida muhandislik - geologik sharoitni xarak-
terlash, qurilishga mo’ljallangan inshoot konturlarida burg’ quduqlari kovlash,
qurilish uchastkalarida tajribaviy va statsionar ishlar olib borish ko’zda tutiladi.
Hozirgi paytda quriladigan inshoot konturlarida olib borilgan ishlar ish chizmasi
bosqichida kengaytirilar va bu orqali kerakli aniqlikda muhandislik - geologik
xulosa olish mumkin edi, lekin bu ishlarni o’tkazish juda ko’p vaqt va mablag’
talab etadi.
Qurilishga mo’ljallangan inshoot konturi ma’lum bo’lmagan holda
muhandislik - geologik tekshirish ishlari, qurilish uchun mo’ljallangan uchastka-
larning muhandislik - geologik sharoiti va ularni yuzaga keltiruvchi qonuniyatlar
ochib beriladi.
Uchastkalarda tarqalgan tog’ jinslarining tarkibi, fizikaviy va mexanikaviy
xossalari, ularning o’zgarish qonuniyatlarini, burg’ quduqlar va shurflardan
olingan namunalarni o’rganish yo’li bilan olib boriladi.
Qurilish uchastkalarida olib boriladigan ishlarning hajmi geologik
sharoitga bog’liq bo’ladi.
Qurilish uchastkalari geologik tuzilishlarining qanchalik murakkabligiga
qarab, 3 guruhga bo’linadi; har bir guruh uchun kovlanadigan burg’ quduqlar va
ular orasidagi masofa quyidagicha qabul qilinadi (26.1 - jadval).
Shurf – to’g’ri to’rtburchak shaklidagi qaziladigan quduq bo’lib, unda
monolit (tog’ jinslari tabiiy tuzilishining buzilmagan o’lchamlari 20x20x20 sm) va
namunalar (tabiiy strukturasi buzilgan) shurf devorlaridan olinadi.