194
Hamma geologik xaritalar ikkiga: tub jinslar va to’rtlamchi
qatlamlar
xaritalariga, to’rtlamchi qatlam tagida yotadiganlar, ya’ni to’rtlamchi qatlamgacha
hosil bo’lgan qatlamlar xaritalariga bo’linadi. Geologik
- litologik xarita va
to’rtlamchi davr xaritasi ustida to’xtalib o’tamiz.
To’rtlamchi yotqiziqlar yer yuzasini butunlay qoplab olib,
tub jinslarni
inson ko’zidan yashiradi. To’rtlamchi yotqiziqlar xaritasida turli yo’llar bilan hosil
bo’lgan jinslarning rejada joylashuvi va litologik tarkibi ko’rsatiladi. Muhandislik-
geologik xaritalar jinslar haqida ma’lumotlarni aks ettirishi lozim.
Lekin bir
maydon yoki xududning jinslari turli masshtabli xaritalarda turlicha ko’rsatilishi
mumkin. Mayda masshtabli xaritalarda faqatgina sistema, bo’lim, bo’lim osti yoki
yaruslar - katta o’lchamli yirik stratigrafik bo’linmani ko’rsatish mumkin.
Geologik - litologik xaritalar olib borilgan geologik tekshirishlarning eng
muhim xujjatlaridan biridir. Geologik - litologik xarita
oddiy topografik xarita
bo’lib, unda turli geologo - litologik jinslarning tarqalishi,
ularning uyulish
sharoitlari va geologik rasmga tushirishda olingan boshqa ba’zi ma’lumotlar
ko’rsatilgan bo’ladi. Geologik - litologik xarita geologik elementlarning yer
yuzasida qanday tarqalgani tekislikda shartli belgilar (bo’yoq
yoki shtrix
litologiyasi) bilan aks ettiriladi.
Geologik - litologik xaritani o’qiy bilish geologik ta’limning muhim
elementidir. Har bir geologik xaritada qabul qilingani
kabi geologik - litologik
xaritada ham barcha shartli belgilarning ro’yxati va ularning izohi o’sha xaritada
ko’rsatiladi.
Shartli belgilar jadvali xaritaning biror bo’sh burchagiga joylashtiriladi.
Geologik - litologik xaritalar har xil masshtabda tuziladi, ya’ni qo’yilgan
maqsadni hal qilishga asoslanib masshtab tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: