28. JINSLARNING FIZIK-TEXNIK XOSSALARINI O’RGANISHDA DALA USULLARI Muhandislik-geologik tadqiqotlar o’tkazishda, ayniqsa, ularning oxirgi
bosqichlarida tog’ jinslarining fizik-texnik xususiyatlarini aniqlash uchun tajriba
dala ishlari, jumladan, burg’ilash, kern va monolitlardan namuna olish, tuproqni
zondlash, mustahkamlikka sinash, geofizik tadqiqotlar va boshqa usullar bajariladi.
Olingan natijalar hujjatlashtiriladi va ko’pincha xulosa hisobotlar shaklida
beriladi. Dala ishlarini bajarishda bir qator afzalliklarni ta’minlaydi, ulardan
asosiylari quyidagilar:
1) laboratoriya yoki ofis sharoitida bajarish mumkin bo’lmagan to’la
miqyosli tadqiqotlar o’tkazish;
2) kern namunalarni o’rganishdan farqli o’laroq, tuproqning katta miqdorda
olinishi. Misol uchun, agar laboratoriyada tog’ jinslarining qarshiligini o’rganish
uchun surilish maydoni 40-50 sm
2
bo’lgan namunalarda amalga oshirilsa, dala
tajribalari bu parametrlarni 1x1 m yoki 2x2 m gacha bo’lgan o’zgarish joylarida
o’rganish imkonini beradi;
3) o’rganilayotgan tuproqlarning tuzilishi va namligini tabiiy sharoitga
yaqinroq bo’lgan laboratoriya sharoitidagiga qaraganda yaxshiroq saqlash. Katta
diametrli quduqlardan, masalan, 800 mm va kichik diametrli quduqlardan 200 mm
gacha bo’lgan kern namunalarini tanlash bo’yicha muhandislik - geologik
tadqiqotlar tajribalari shuni ko’rsatdiki, kichik diametrli burg’ilashda kern
buzilishi darajasi oshadi va bu ularning muhandislik-geologik o’rganish
natijalarida o’z aksini topadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, tajriba dala ishlari laboratoriyalardagi
tadqiqotlarga qaraganda ko’p pul va vaqt, qimmatroq uskunalardan foydalanishni
talab qiladi. Shu sababli tajriba dala ishlari odatda muhandislik-geologik
tadqiqotlarning oxirgi bosqichlarida oldindan ishlab chiqilgan dastur bo’yicha
bajariladi, ular ommaviy xarakterga yega emas.
Tog’ jinslarining fizik - texnik xossalarini dala sharoitida tadqiq qilishning
asosiy usullari 10-jadvalda keltirilgan.
199
28.1- jadval Muhandislik - geologik tadqiqotlarda ishlatiladigan tog’ jinslarining fizik - texnik
xususiyatlarini dala tadqiqotining asosiy usullari
(G. K. Bondarik bo’yicha)