203
qirrali yoki kichik burchak shaklida bo’linuvchan
jinslar - plagioklaz, al’bit
(alyumosilikat natriy - Na
2
О*Аl
2
О
3
*6SiO
2
) va anortit (alyumosilikat kal’tsiy –
CaO*Al
2
O
3
*2SiO
2
) lar kiradi. Dala shpatining siqilishdagi mustahkamligi
kvartsnikidan kam (120 - 170 MPa), erish harorati esa 1170–1550
0
C ga teng. Dala
shpati atmosfera ta’sirida
asta-sekin yemirilib, kaolin (chinni buyumlari
ishlanadigan xom ashyoning bir turi), qumtuproq qumlari va boshqa jinslarga
aylanadi. Toza dala shpatidan quyma sopol ashyolari ishlanadi.
Dala shpati va kvartsdan tashkil topgan jinslar
pegmatitlar deb ataladi va
asosan chinni buyumlar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Slyuda
- kimyoviy tarkibi jihatidan murakkab suvli alyumosilikatdir.
Tabiatda slyudaning bir necha xili uchraydi. Shulardan eng ko’p tarqalganlari
muskovit va biotitdir.
Dostları ilə paylaş: