204
29.3.Chuqurdagi yaxlit jinslar
Granit
– qurilishda keng tarqalgan magmatik tog’ jinsi.
U bir tartibli
kristall jins bo’lib, asosan kvarts (20-40 %), dala shpati - ortoklaz (40-70 %) va
slyuda (5-20 %) dan tashkil topgan. Bundan tashqari, granit tarkibida ishqorli
plagioklaz, rogovaya obmanka kabi minerallar ham uchraydi.
Granit tiniq sariq
yoki och qora rangda bo’lib, asosan tarkibidagi minerallar rangiga qarab o’zgaradi.
Granitlar mayda, o’rta yirik kristalli, porfir kabi yaxlit va qatlam-qatlam (gneys
jinsi singari) holatda bo’ladi. Granitning zichligi 2,6-2,8 g/sm
3
, g’ovakligi (0,5 -
1,5 %) va suv shimuvchanligi esa nihoyatda kam. Siqilishdagi mustahkamlik
chegarasi 120–250 MPa, issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti 2,5–3,0 Vt/m-grad.
ga teng. Granit ancha qattiq jins (MOOS shkalasiga ko’ra 6-7),
ammo uni qayta
ishlash va silliqlash uncha qiyin emas.
Slyuda miqdori ko’p bo’lsa, granitni silliqlash qiyinlashadi. Granitning
erish harorati 1400–1500
0
C. Harorat 750–800
0
C ga yetganda granit tarkibida
kvarts kristallari kengayib, uning mustahkamligini kamaytiradi.
Tosh ashyolar orasida granit yuqori texnik sifatga ega bo’lganligi sababli
qurilishda (yo’l qurilishlarida, gidrotexnika inshootlarida, me’morchiliqda,
bezak
qismlar tayyorlashda) keng qo’llaniladi. U tabiatda har xil rangda uchraydi. Undagi
dala shpati oq, kulrang, sariq, qizil va binafsha ranglarda bo’lishi mumkin. Shu
sababli granit ajoyib pardozbop qurilish ashyosidir. Chidamli bo’lgani uchun ochiq
sharoitda va zararli muhit ta’sirida ko’p ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: