197
geologik qisqacha yozma bayonotidan iborat bo’ladi. Hisobot
mazmuni va hajmi
loyihalash bosqichiga bog’liq bo’ladi.
Hisobotning umumiy qismida tadqiqotlarning maqsadlari, vazifalari,
tarkibi, bajarilgan ishlarning hajmi va xarakteristikasi,
ishtirok etgan shaxslar,
tekshiruv rayoni joylashgan yer va bajarilgan ish vaqti ko’rsatiladi. Hisobotning
birinchi bobida qurilish maydonining fizikaviy geografik sharoitlarini tushuntiruv
yozuvlari berib o’tiladi. Ikkinchi bobida uni geologik va muhandislik – geologik
nuqtai nazardan o’rganilganligi, geologik tuzilishining xarakteristikasi, tektonikasi,
gidrogeologik sharoiti, fizikaviy - geologik jarayonlar sodir bo’lishligi yoritilgan
bo’lishligi lozim.
Hisobotning maxsus qismida qurilish maydonining konkret uchastkasining
muhandislik
- geologik xarakteristikasi, bu uchastkadagi gruntlarning fizikaviy -
mexanik xususiyatlari, mazkur qurilishga tadbiq qilinadigan mustahkamlik
xususiyatlari, geodinamik jarayonlarni binoning qurilishi va ekspluatatsiyasiga
ta’siri, bu jarayonlarni oldini olishga qaratilgan
tadbirlarni tavsiyanomasi
ko’rsatiladi.
Hisobotning mustaqil qismi chizma va ba’zan jadval materiallaridan
tashkil topadi. Hisobotning chizma qismi turli xaritalar, geologik - gidrogeologik
qirqimlar, kolonkalar va boshqalardan iboratdir. Matnli qismda o’tkazilgan dala va
laboratoriya materiallarining turli jadval ko’rinishi, yer osti suvlari va geodinamik
jarayonlarning kuzatuvlarini, gruntning mustahkamlik
xossalari hisobotlari
jadvallari keltiriladi. Hisobot xulosa bilan tugaydi va foydalanilgan adabiyot va
materiallar ko’rsatiladi.