193
27. LABORATORIYA VA KAMERAL ISHLAR. GEOLOGIK XARITA
VA QIRQIMLARI. MUHANDISLIK GEOLOGIK HISOBOT
27.1. Laboratoriya va kameral ishlar
Laboratoriya ishlari muhandislik - geologik
qidiruv tadqiqotlar davrida
olingan suv, yaxlit jinslarni tajriba yo’li bilan aniqlashdan iborat. Bunday ishlar
maxsus muhandislik – geologik laboratoriya,
markaziy laboratoriyalarda, ba’zan
dalalarda olib boriladi.
Laboratoriyada – gruntlarning granulometrik tarkibi, fizik xossalaridan:
hajmiy massasi, zichlik, tabiiy namligi, gilli gruntlarga xos bo’lgan
xususiyatlardan: ivishi, bo’kishi,
plastikligi, ichki ishqalanish burchagi,
yonuvchanligi, siljishga qarshiligi, siqiluvchanligi
va yer osti suvlarining
ximiyaviy tekshirishlari kiradi.
Tajribaviy ishlar gruntlarni tarkibi va fizik – mexanik xususiyatlari
buyicha klassifikatsiyasini aniqlashtiradi, turli hisob ishlarida kerak bo’ladi.
Kameral ishlar dalada va laboratoriyada aniqlangan natijalarni jamlab
ularni tahlil qilishdan iboratdir. Jumladan:
muhandis - geologik xaritalar,
qirqimlar, kolonkalar, jadvallarni tuzish.
Gruntlarning fizikaviy - mexanikaviy xususiyatlarining sonli ko’rsatgich-
larini, rejim kuzatishlarini, jinslarning darzbardoshligini va boshqa ko’rsatgich-
larni matematik ishlash shu jumladan EHM larda hisoblash.
Turli hisobiy ishlar - masalan gruntlarning hisobiy mexanikaviy
ko’rsatgichlarni hisoblash.
Muhandislik - geologik tadqiqotlar tugatilgandan so’ng
geologik hisobot
tuziladi.
Dostları ilə paylaş: