195
tuzilishi haqida tasavvur beradi. Ular joylarning ma’lum chuqurlikdagi geologik
tuzilishini o’rganishga imkoniyat tug’diradi.
Geologik qirqimlar chizish uchun eng avvalo
uning topografik asosini
tiklash kerak. Rel’yefning gorizontallar bilan ifodalangan xaritasi orqali
topografik profil’ tuzamiz. Qirqimda qatlamlarning nisbiy
qalinligi va qiyaligini
aniqroq ko’rsatish maqsadida vertikal masshtab gorizontal masshtabdan 10 marta
katta qilib olinadi.
Qirqimning topografik asosiga geologik ma’lumotlarni tushiramiz. Buning
uchun qirqim chizigi bo’yicha ko’ringan qatlamning enini xaritadan o’lchab,
qirqimning nolinchi chizig’iga yoki uning ostidagi tor yo’lga tushiramiz. Bundan
tashqari,
qirqimga bor gidrogeologik, muhandislik - geolgik ma’lumotlarni,
qazilgan burg’ quduqlar va ulardan olingan natijalar tushiriladi (27.1-rasm).
Bunday qirqimlar
muhandislik - geologik
deb ataladi.
Qirqimlar qurilish rayonlarini muhandislik - geologik baholashda,
zamin
jinslarini tanlashda va grunt suvlarini rejimini o’rganishda katta ahamiyatga ega.
Muhandislik - geologik xaritalar o’rganilayotgan territoriya to’g’risida maxsus
ma’lumot olishga imkon beradi. Muhandislik - geologik xarita tuzishda topografik,
hamma turdagi geologik
xaritalardan, muhandislik - geologik qidirish ishlarining
27.1 – rasm
. Chirchiq vodiysining hududlaridagi geologik –
geomorfologik ko’ndalang kesimi (A.M. Xudoyberganov tuzgan).
196
natijalari va jinslarning xossalaridan foydalaniladi. Muhandislik - geologik
xaritalar 3 turga:
1) Muhandislik - geologik sharoitlar;
2) Muhandislik - geologik rayonlashtirish;
3) Maxsus maqsadlarga mo’ljallangan muhandislik
geologik xaritalarga
bo’linadi. Muhandislik - geologik sharoiti xaritasida hamma tur yer usti qurilishlar
to’g’risidagi axborotlar bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: