187
jinslarning fizikaviy - mexanikaviy xususiyatlarini kompleks tadqiqot qilishni
qamrab oladi.
Dala
materiallarini, laboratoriya tekshirishlar natijalarini umumlashtirish
kameral davri jarayonida o’tkaziladi va muhandislik- geologik hisobot xaritalari,
geologik qirqimlar tuziladi. Muhandislik-geologik s’yomkaga
shu joyning
geologik xaritasi asos qilib olinadi. Muhandislik - geologik s’yomkaning
masshtabi maydonning katta-kichikligiga, inshootning konstruktsiyasi va
joylarning muhandislik - geologik sharoitiga bog’liq. Shu sababli s’yomkaning
masshtabi, asosan 3 xil bo’ladi:
1. Mayda masshtabli s’yomka (1:500000-1:1000000);
2.O’rta masshtabli s’yomka (1:200000-1:50000);
3. Yirik masshtabli s’yomka ( 1:50000-1:5000).
Muhandislik-geologik s’yomka ishlarining natijalari muhandislik- geologik
xaritalarda o’z ifodasini topadi. Muhandislik - geologik
tadqiqotlar oxirida
muhandislik - geologik xaritalari tuziladi. Qurilish rayonlarining muhandislik -
geologik sharoiti quyidagilarga bog’liq bo’ladi: geologik tuzilish, geomorfologik
tuzilish, gidrogeologik sharoit va fizikaviy - geologik jarayonlar, qurilish material-
lari, seysmik sharoit.
Muhandislik – geologik xaritalar o’z
joyiga qarab, quyidagi turlarga
bo’linadi:
Umumiy masshtabdagi (1:500000 va undan mayda);
Obzorniy (sharhli) masshtabdagi (1:500000 - 1:200000);
Sxematik masshtabdagi (1:10000 - 1:25000);
Mukammal masshtabdagi (1:2000 - 1:5000) muhandislik - geologik
xaritalar. Bu masshtabdagi muhandislik - geologik
xaritalardan loyihalash
ishlarida, har xil maqsadlarda foydalaniladi.