O’simliklarning
tarqalishi va rivojlanishi joyning geologik tuzilishi,
to’proq qatlami va suv manbalari bilan o’zviy bog’liqdir. O’simliklar yordamida
tog’ jinslaridagi darzliklar, yerosti suvlarining tarqalishi va boshqalar to’g’risida
qimmatli maqlumotlar olinadi.
Tuproq qatlami
tub tog’ jinslari bilan uzviy bog’liqdir. U o’zining
mavjudligi, rangi orqali o’rganilayotgan joyning geologik tuzilishi, yerosti suvlari,
neotektonik harakatlar va boshqalar to’g’risida to’g’ri fikr chiqarish uchun
foydalaniladi.
166
22.1.Aerofotosuratlarda tasvirlangan tog’ jinslarining asosiy
turlarini talqin qilish xususiyatlari
.
Geologik xaritalash jarayonida aerofotosuratlarda tasvirlangan har xil
turdagi tog’ jinslarini talqin qilish mustaqil ish tarzida olib boriladi.
Aerofotosuratlarda tog’ jinslarining petrografik tarkibini aniqlash foydali qazilma
konlarini qidirish va muxandislik geologiyasi tadqiqotlarida ham keng qo’llaniladi.
Aerofotosuratlarda tasvirlangan tog’ jinslarini talqin qilish geologik
strukturalar va yotqiziqlarning stratigrafik ketma - ketligini aniqlash bilan
birgalikda geologik xaritalash jarayonining asosiy tarkibiy qismlaridan birini
tashqil etadi.
Aerofotosuratlarda tog’ jinslarining turlarini ajratish ularga xos bo’lgan
belgilar yordamida olib boriladi. Bunda tog’ jinslari hosil qiladigan o’ziga xos
fototonlar, mezo - va mikrorelyef shakllari, darzlanish xususiyatlari, jilg’alar,
soyliklar va jarliklar hosil qilgan tarmoqlarning shakli, elyuviy, tuproq qatlami va
o’simliklarning rivojlanishi asosiy belgilar hisoblanadi.
Bu belgilardan aynan bir xil tabiiy geografik sharoitga ega bo’lgan
hududlarda foydalaniladi. Chunki ular turli tabiiy geografik sharoitlarda o’zgacha
rivojlanishi mumkin.
Kam qalinlikdagi qatlamlar aerofotosuratlarda o’zining individuallik
xususiyatlarini yo’qotadi. Bunday hollarda ularning to’plamini tashkil qiluvchi
gorizontlar, qatlamalar va svitalar mustaqil birlik sifatida talqin qilinishi darkor.
Sementlanmagan cho’kindilar aerofotosuratlarda sementlangan qattiq
jinslarning qatlamlaridan yuzasining geomorfologik elementlari orqali keskin farq
qiladi.
Sementlangan qattiq jinslar bilan almashib yotuvchi qum qatlamlarini
aerofotosuratlarda aniqlash uchun ularning yuzasida rivojlangan relyef shakllari,
fototonlar munosabati va o’simliklarning tarqalishiga e’tibor qaratiladi.
Sementlanmagan jinslardan tashkil topgan suvayirg’ichlar odatda yassi va silliq
yuzani tashqil etadi. Qumli yonbag’irlarda bortlari kam nishablikdagi jilg’a va
167
soylar rivojlangan bo’ladi. Ularning boshlanish joylarida tovoqsimon relyef shakli
hosil bo’ladi.
Gilli yotqiziqlardan iborat yonbag’irlar, qumli yonbag’irlardan farqli
o’laroq, katta nishablikka ega bo’ladi va yuzasi nurash materiallari bilan
qoplanganda mayda jo’yaklardan iborat murakkab relyef shakllarini hosil qiladi.
Ular aerofotosuratlarda yaxshi ko’rinadi.
Gilli qatlamlarning boshqa yotqiziqlar bilan tutashish kontaktini
aniqlashda ularning ustki yuzasida grunt suvlarining sizib chiqishi, maysa va
o’simliklarning mavjudligi hamda surilmalarning rivojlanganligiga e’tibor berish
kerak.
Agar gil va qattiq jinslarning almashinishidan iborat bo’lgan qatlamalarni
daryo yoki soylik kesib o’tgan bo’lsa, gilli yotqiziqlar rivojlangan joylarda
ularning vodiylari birmuncha kengayganligi, yonbag’rining nishabligi past bo’lishi
kuzatiladi. Qattiq jinslarda esa vodiy toraygan, yonbag’ri tik qoyali bo’ladi.
Aerofotosuratlarda gil qatlamlari qoramtir, qumlar esa oqish rangli
fototonlarga ega bo’ladi.
Konglomeratlar va qumtoshlar o’zlarining petrografik tarkibi xilma - xil
bo’lishi tufayli har bir muayyan xolda o’ziga xos ayrim xususiyatlarga ega bo’ladi.
Suvayirg’ichlarda
do’ngliklar
zanjiridan
iborat
qatorni
tashkil
qiladi.
YOnbag’irlarda karnizlari va pog’onali relyef shakllari bilan farqlanadi.
Konglomeratlar ko’p xollarda qoldiq shakldagi xar xil g’aroyib qoyalarni tashkil
qilishi mumkin. Bu qatlamlar fototonlarining o’zgarishi bo’yicha ham yaqqol
ajratiladi.
Gilli slaneslar odatda qumtosh va konglomeratlarga nisbatan nurash
ta’siriga chidamsiz bo’ladi. Bu xususiyat, ularning yupqa qatlamliligi va darzlanish
zichligining Yuqoriligi sababli, tez nurashiga va tabiiy ochilmalari yuzasida
yumshoq gilli elyuviyning rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun ham gilli
slaneslar bilan ulardan ancha mustahkam bo’lgan qumtosh, konglomerat va
karbonatli jinslar qatlamlarining almashinuvidan tashqil topgan qatlamalarda gilli
168
slaneslar yuzasida jo’yaksimon relyef rivojlanadi va ular bo’yicha jilg’alar va
soyliklar hosil bo’ladi.
Ohaktosh, dolomit va mergellardan iborat bo’lgan karbonatli yotqiziqlar
aerofotosuratlarda rangi va relyef shakllari bo’yicha ajratiladi.
Ohaktosh va dolomit qatlamlari boshqa jinslardan o’zlarining och rangli
fototoni, massiv tuzilishga ega bo’lgan karbonatli jinslar esa (rif qurilmalari)
do’ngliklardan iborat bo’lgan relyef shakllari va och rangli fototoni orqali ajralib
turadi.
Ohaktosh qatlamlari o’zlarining fototoni xususiyatlari tufayli tektonik
strukturalarni tahlil qilishda tayanch gorizontlari vazifasini o’taydi.
Aerofotosuratlarni tahlil qilishda g’orlarning, karst voronkalarining
mavjudligiga e’tibor berish kerak. Chunki ular karbonatli va tuzli yotqiziqlar
ochilib yotgan joylarda rivojlangan bo’ladi. Shunindek «ko’r» vodiylar va ko’llar
bu erda karbonatli yoki tuzli yotqiziqlarning rivojlanganligidan darak beradi.
Metamorfik tog’ jinslari, xususan kristallashgan slaneslar va kvarsitlarning
qatlamlari, etarli darajada qattiq va nurash jarayoniga nisbatan chidamli bo’lgani
sababli, er yuzasida devorsimon relyef shakllarini hosil qiladi. Aerofotosuratlarda
metamorfik tog’ jinslarini qatlamlari yo’nalishiga nomuvofiq o’tgan darzliklar
natijasida hosil bo’lgan to’rsimon tasvir orqali aniqlash mumkin. Metamorfik tog’
jinslarining yuzasida rivojlangan jo’yaklar, jilg’alar va soyliklar tektonik yoriqlar
bo’yicha shakllanganligi tufayli tirsaksimon burilishlarga ega bo’ladi.
Kvarsitlar va marmarlar och rangli fototoni va massiv relyef shakllari
bo’yicha ajratiladi.
Gneyslar o’zining talqin qilinish belgilari bilan metamorfik slaneslar va
intruziv jinslarga nisbatan oraliq xususiyatlarga ega bo’ladi. Ularda metamorfik
slaneslar va intruziv jinslarga xos bo’lgan ayrim belgilar bo’lishi mumkin.
Intruziv, effuziv va tomirli jinslar ham aerofotosuratlarda ancha aniq va
ishonarli darajada talqin qilinadi.
Intruziv jinslar aerofotosuratlarda cho’kindi jinslardan farqli o’laroq
qatlamlanishining yo’qligi, rangining bir xilligi, darzliklar tizimining kesishishi
169
natijasida hosil bo’lgan to’rsimon chiziqlari yordamida talqin qilinishi mumkin.
Bunday jinslarning bir tarkibliligi tufayli ularning yuzasida rivojlangan suv
tarmoqlari dendritsimon tuzilishga egaligini kuzatish mumkin. Darzliklar bo’yicha
rivojlangan jo’yaklar va mayda jilg’alar intruziv jinslar uchun xos bo’lgan to’g’ri
chiziqli shaklga va tirsaksimon burilishga ega bo’ladi.
Intruziv massivlarni aerofotosuratlarda aniqlash va o’rganishda fototonlar,
mezo - va mikrorelyef bilan birgalikda elyuvial yotqiziqlarning rivojlanish, u yoki-
bu o’simliklarning tarqalish qonuniyatlaridan foydalaniladi.
Intruziv jinslar kam qalinlikdagi qoplama jinslar ostida ko’milib yotganda
ham ma’lum belgilari yordamida aniqlanishi mumkin. Tuproq katlami tarkibida
intruziv jinslarning emirilishidan hosil bo’lgan siniq bo’laklarini kuzatish mumkin.
Bunday
siniq
bo’laklarning
miqdori
tuproqda
qancha
ko’p
bo’lsa,
aerofotosuratlarda shuncha oqish fototon hosil bo’ladi.
Lakkolitsimon shakldagi va nurash jarayoniga chidamli bo’lgan intruziv
massivlar relyefda yondosh jinslarga nisbatan qavariq do’nglik hosil qilishi tufayli
aniqlanadi. Intruziv massivlarning yondosh jinslar bilan kontakti ham aerofoto-
suratlarda ularni aniqlash belgisi sifatida foydalaniladi.
Kontakt metamorfizmi tufayli o’zgargan tog’ jinslari nurash jarayoniga
ancha bardoshli bo’lishi mumkin. Masalan, Turkiston tizmasida alevrolit va
argillitlardan iborat o’rta karbon yotqiziqlari kechki permda granitli shtokning
yorib kirishi tufayli kontakt zonasida rogoviklashgan. Rogoviklarning qattiqligi
intruziyaga nisbatan ham, cho’kindi jinslarga nisbatan ham Yuqori bo’lganligi
sababli, shtok atrofida aylanasimon devorga o’xshash relyef shakli hosil bo’lgan.
Katta qalinlikdagi effuziv jinslar yondosh jinslarga nisbatan o’ziga xos
relyef shakllari va rangi bo’yicha ajratiladi.
Nurashga chidamli bo’lgan effuziv jinslar qatlamlari gorizontal yoki qiya
yotganda relyef yuzasida silliq zirhli qoplamalar vujudga keladi. Qiyaligi katta
bo’lganda ular uzoq masofalarga cho’zilgan qoyali kuestali relyef shaklini hosil
qiladi.
170
Murakkab burmalangan strukturalarda cho’kindi yotqiziqlar orasidagi
effuziv jinslar qatlami relyefning o’zgacha turlarini hosil qilib, struktura shakllarini
aniqlashda tayanch gorizonti sifatida ahamiyatga ega bo’ladi.
Aerofotosuratlarda lava qoplamalari, lava oqimlari va vulqon qurilmalari
juda aniq tasvirlanadi.
Yirik miqyosdagi (1:10 000 va undan katta) aerofotosuratlarda turli tomirli
jinslar ham aniqlanishi mumkin. Ular o’zining chiziqli shakli, yondosh jinslarga
nisbatan o’zgacha rangi hamda mezo - va mikrorelyeflari bilan ajralib turadi.
Nurash jarayoniga nisbatan chidamli bo’lgan tomirli jinslar atrof jinslari orasida
uzoq masofalarga cho’zilib ketgan qoyali devor yoki qoldiqlar zanjiri sifatidagi
relyef shaklini hosil qiladi. Agar tomirli jinslar nurashga chidamsiz bo’lsa, ularning
yuzasida jo’yaksimon botiqlar vujudga keladi. Tomirli jinslarning tarkibi
to’g’risida ularning rangi bo’yicha xulosa chiqarish mumkin. Kvarsli, aplitli va
pegmatitli daykalar qoramtir rangdagi mayda zarrali terrigen jinslar orasida
o’zining och yoki oqish fototonlari bilan yaqqol ajralib turadi. Diabazli va porfiritli
daykalar och rangli qumtosh va ohaktosh orasida qoramtir rangi bilan farqlanadi.
Tomirli jinslarni aniqlashda yirik miqyosli aerofotosuratlardan foydalanish
yaxshi natijalar beradi.
Har xil otqindi jinslarni tahlil qilishda ularning yondosh jinslar bilan hosil
qilgan kontakt zonalarini o’rganish alohida qimmatga ega. Bu kontakt zonalari
ochilgan joylarda, ularning rangi va yuzasining tuzilishidan tashqari, cho’kindi
jinslarga nisbatan otqindi jinslarning yotish hususiyatlari va shakli to’g’risida ham
muhim ma’lumotlar olinadi. Kontakt xususiyatlari bo’yicha massivlarning
morfologiyasi va cho’kindi jinslar ichiga yorib kirish sharoitlari to’g’risida fikr
chiqarish mumkin. U kontakt zonalari bilan bog’liq bo’lgan foydali qazilmalarni
qidirishda ham ahamiyatlidir.
Aerofotosuratlarda intruziv jinslarning yondosh jinslar bilan hosil qilgan
kontakt zonasini o’rganishda asosiy e’tibor kontakt chizig’ining xususiyatlariga
qaratilishi lozim. Yondosh jinslar ichiga chuqur kirib borgan intruziya apofizlari
konturini belgilash, tomirli hosilalarning mavjudligini aniqlash kerak bo’ladi.
171
Bunday kontakt zonalarini batafsil talqin qilish keyinchalik geologik marshrutlarni
rejalashtirish va o’tkazishda, shlix yuvish nuqtalarini, lahim qazish va burg’ilash
joylarini belgilashda birinchi navbatdagi masala hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |