11
aniqlash va tasniflashda Beruniy faqat ularning rangi va shaffofligidan emas, balki
qattiqligi va solishtirma og’irligidan ham foydalangan.
Beruniyning zamondoshi buyuk olim, tabiatshunos va faylasuf Abu Ali ibn
Sino ham geologiya fanining rivojlanishiga o’z hissasini qo’shgan. Ibn Sinoning
geologik dunyoqarashlari uning ilmiy qomusi «Ashshifo» (Qalbni davolash) nomli
kitobining «Tabiat» degan bo’limida yoritilgan.
1445 yilda polyak olimi N.Kopernik «Osmon
jismlarining aylanishi
to’g’risida» nomli asarida Yer o’z o’qi atrofida va boshqa sayyoralar bilan
birgalikda Quyosh atrofida aylanishini isbot etdi.
Mirzo Ulug’bekning matematika va astronomiya
fanlarining taraqqiyotiga
qo’shgan hissasi beqiyosdir. U osmon jismlarining tarqalish qonuniyatini,
harakatini va sonini aniqlash masalalarini to’g’ri talqin qilib bergan buyuk olimdir.
Rus olimi M.V.Lomonosov
geologiya
faniga ulkan hissa qo’shgan. Uning «Yer
qatlamlari haqida» nomli asari juda katta
ahamiyatga
ega
bo’lgan.
Uni
Rossiya
geologiyasining
asoschisi deb bejiz ay-
tishmagan. V.M.Severgin esa «Mineralogiya
lug’ati» ni yaratgan.
XVIII-asr oxirlarida ingliz geologi
Vilyam Smit stratigrafiya
va paleontologiya
fanlariga asos solgan. Ingliz olimi Ch.Layel
«Geologiya asoslari» nomli kapital asarini
XIX- asrning 30 - yillarida yozgan. Unda
aktualizm
usuli
yordamida
o’tmishdagi
geologik jarayonlarni qayta tiklash mumkinligini isbotlab bergan.
SHuningdek, u
fransuz olimi J.Kyuve fikriga (katastrofik ta’limot tashviqotchisi) qo’shilmasdan,
geologik o’zgarishlar sekin kechadigan va uzoq davom etuvchi evolyusion
jarayonlardan iborat deb hisoblagan.
Jumladan, organik dunyoning taraqqiyoti
shunday kechgan.
Dostları ilə paylaş: