6
Muhandislik geologiyasi fanining rivojlanishida, murakkab tabiiy sharoitda
bo’lgan, Volxov, Dnepr, Svir, Quybishev, Kaxov elektrostantsiyalarining,
Baltika - Belomor,
Volga - Don kanallari, shuningdek Moskva, Leningrad, Kiev
va Toshkent shahri tonnellarining qurilishi asos bo’lib xizmat qildi. Mazkur o’quv
qo’llanmada geologik jarayonlarga muhim o’rin berilgan bo’lib, quruvchilar buni
bilishlari kerak, chunki hozirgi sharoitlarda geologik jarayonlar shaharlarda, suv
omborlari va qazilmagohli hududlarda faollashib bormoqda.
Yer osti suvlari
bosgan hududlar kengaymoqda, qirg’oqlarda surilishlar, o’pirilishlar ro’y
bermoqda.
Neft va gaz sanoati yo’nalishi bo’yicha bitirgan bakalavrlar muhandislik
tarmoqlari inshootlari quriladigan maydonning geologik - litologik tuzilishini,
gruntlarning
turlarini, tarkibi, fizik - mexanik xususiyatlarini bilish bilan bir
qatorda yer osti suvlari, ularning paydo bo’lishi, harakat qonuniyatlarini va ular
bilan bog’liq bo’lgan geologik jarayonlar va hodisalar turlarini bilishi kerak.
Bo’lajak neft va gaz sanoati mutaxassislari qurilish
maydonining geologik
sharoitlarini quriladigan inshoot mustahkamligi va chidamliliga ta’sirini taxlil qila
olishi shartdir.