12
O’zbekiston hududining
geologiyasini rejali
o’rganish XX - asrning 30 - yillaridan boshlangan.
Jumladan, mashhur geolog X.M.Abdullaevning
«Ma’danlarning
intruziyalar
bilan
genetik
bog’liqligi», «Daykalar va ma’danlanish», «O’rta
Osiyoda magmatizm va ma’danlanish» kabi asarlari
foydali qazilmalarni qidirishda doim dasturulamal
vazifasini bajarib kelmoqda.
Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi
sohasida G..A.Mavlonov, N.K.Kenesarin, litologiya
soxasida V.P.Popov, O.M.Akramxo’jaev, petrog-
rafiya sohasida I.X.Hamraboev, T.N.Dolimov,
tektonika sohasida O.M.Borisov, M.O.Axmadjonov, R.N.Abdullaev
kabi yirik
olimlar O’zbekiston geologiyasining turli tarmoqlari bo’yicha samarali ishlar
qilishgan.
H.M.Abdullaev
(1912-1962 yy).
13
2. YER SHARINING TUZILISHI, TARKIBI . YERNING ISSIQLIK
REJIMI
2.1. Yerning kelib chiqishi, yer sharining shakli
Yer Quyosh sistemasidagi planetadir. Quyosh sistemasi
markazida - sekin
aylanayotgan yulduz - quyosh joylashgan bo’lib, uning atmosferasi harorati
5700K, markazida esa - 5*10
6
* K ga yaqin. Quyosh atrofida 9 planeta aylanib
turadi va ularni 2 guruhga ajratish mumkin:
Ichki planetalar - Merkuriy, Venera, Yer va Marsdir.
Tashqi planetalar - Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Plutondir.
Quyosh sistemasiga ko’p sonli kometalar kiradi va ular Quyosh
sistemasining chekkalarida tarqalgan bo’ladi.
Quyosh sistemasi va yerning kelib chiqish
muammosi tabiatni bilish
sohasidagi muhim sanalib, yerda inson va hayotni paydo bo’lishi muammolari
bilan bir xildir. Qadim zamonlarda yerni paydo bo’lishi haqida diniy
tushunchalargina mavjud edi. XVIII asrning
ikkinchi yarmida planetalar
sistemasining vujudga kelishi haqida dastlabki moddiyun gipotezalar paydo
bo’ldi. Bu gipotezalar yerning suyuq - qizigan tumandan hosil bo’lganligini
tushuntirib, uning asta-sekin sovishi natijasida yuqori qavati asta qotib, qattiq
qismga aylanib uning ostki qismida suyuq - qizigan massa bo’lishi
mumkin deb
tushuntiradi. XX asrdagi kosmik, geologik, geofizikaviy va boshqa fundamental
fanlarning yangiliklari bu gipotezani to’g’ri emasligini isbotladi. Hozirgi davrdagi
kosmosni ilmiy tadqiqot qilish tufayli
faqatgina yer haqida emas, balki Quyosh
sistemasidagi boshqa planetalar haqida ham yetarli ma’lumotga ega bo’lindi. Yer
shakli murakkab, nomuntazamdir. Eramizdan 530 yil avval Pifagor yerni shar
shaklida degan edi. Lekin,
shunga qaramasdan, Yerning sharsimonligi fanda
Magellan sayohati (1519 - 1523 yillar) dan keyingina tasdiqlandi. XVII asrning
oxirida I. Nyuton va X. Gyuygenslar fikricha yer aylanishda markazdan qochma
kuch ta’sirida qutb o’qlari, ekvator o’qlariga nisbatan qisqa bo’lib,
shakli
ellipsoidga yaqin deb topdilar.
14
Tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, ekvator radiusi qutb radiusiga qaraganda
21,38 km ga qisqa bo’lib, yerning shar shakli qutblarda o’zgargan bo’lib,
ellipsoid shakliga yaqindir.
Yerning ellipsoid aylana bo’yicha o’lchami:
Katta yarim o’q (ekvator radiusi) - 6378,24 km;
Kichik yarim o’q (qutb radiusi) - 6356,86 km;
O’rtacha radius (teng hajmli shar) - 6371,1 km;
Yer yuzasi maydoni - 5,1*108 km
2
;
Hajmi - 1,083*1012 km
3
;
Massasi - 6*1024 kg.
Oxirgi yillarda olingan ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, yerning yuzasi
ma’lum bo’lgan geometrik shakllarning birortasiga ham tug’ri kelmaydi, u o’ziga
xos shaklga ega. Quruqliklarning ko’tarilganligi, dengiz va okeanlarning
cho’kkanligi, Yer yuzasining o’ziga hos - geoid - shakliga shartli mos deb olindi.
Dostları ilə paylaş: