Bosim, atm 762,0
614,9
596,5
526,1
462,7
406,5
200,5
Traposferadan keyin
stratosfera qatlami keladi
Strotosfera yuqori qatlam bo’lib, qalinligi 80-90 km ga teng. Uning
pastroq 30-33 km balandligida esa, ozon qatlami uchraydi, temperatura 50
0
C ga
yetadi, ammo 80-90 km balandlikda temperatura yana pasayib,- 60-90
0
C ga tushib
qoladi.
Bosim juda kichik va haroratning haddan tashqari pastligi tufayli
atmosferaning yuqori qatlamlarini o’rganish juda ham murakkablashadi.
Keyingi qatlam -
ionosfera - atmosferaning eng yuqori qatlami bo’lib, bu
sferada zichlik kichik bo’lib, gazlar ionlashgan, 220 km yuqorida temperatura
minus bir necha 100
0
C ga yetadi. Katta meteoritlar atmosferaning zichroq
qismlarida 100-160 km balandlikda yonib, yop-yorug’ bo’lib ko’rinadi, 80-83 km
balandlikda pat-pat bulutlar ko’rinadi, ular suvning to’yingan bug’i bo’lsa kerak.
80-100 km da yorug’ shafaq qutblari ko’rinadi, 3000 km dan so’ng planetalar aro
fazoga o’tib ketadi. Butun atmosferani kimyoviy tarkibi jihatidan 4 ta qatlamga
bo’lish mumkin. Yer yuzasiga yaqin turgan quyi qatlam azot - kislorod qatlami
deyiladi. Le -Dyuk hisobiga ko’ra, bu qatlamda quyidagi miqdorda gazlar hosil
bo’ladi ( massa jihatidan): - azot (N) - 75,5 %, kislorod ( O ) -23,3%, inert va
boshqa gazlar -1,3%. Yuqorida 70 km dan yuqoriroqda kislorod bo’lmaydi, bu
qatlam sof azot qatlamidir. Uning qalinligi 110 km gacha boradi, o’sha joydan
boshlab geliy qatlami boshlanadi va u 220 km gacha boradi, undan yuqoriroqda esa
vodorod qatlami boshlanadi.
Ikkinchi qatlam - suv qobig’i - gidrosfera bo’lib, u suv havzalaridir.
Gidrosferaning umumiy hajmi 1370,3 mln km
3
. Asosiy suv hajmi 98%, okean va
dengiz suvlariga to’g’ri keladi. Yer yuzasining 70,8% suv, 20,2 % ni quruqlik
tashkil etadi. Xozirgi vaqtda Atlantika okeanining o’rtacha chuqurligi 3,32 km ga
17
teng, Xind okeanining o’rtacha chuqurligi – 3,89 km va Tinch okeanining
o’rtacha chuqurligi – 4,03 km deb qabul qilingan. Ammo Tinch okeanining eng
chuqur joyi – 11 km dan ortiqdir.
Gidrosferaning asosiy kimyoviy tarkibi quyidagichadir: