Ma’ruza 14
Hajmiy nasoslar
Reja:
1. Hajmiy nasoslar hususiyatlari va guruhlanishi;
2. Porshenli, plunjerli va diafragmali nasoslar;
3. Rotorli nasoslar.
Hajmiy nasoslar suyuqlikning ma’lum bir hajmini ajratib olib, unga kuch ta’sir qilish yo‘li bilan harakatga keltiradi. Ajratib olingan hajm u juda kichik bo‘lishiga qaramay, bu jarayon vaqt birligida juda ko‘p marta takrorlagani uchun, bunday nasoslar kerakli miqdordagi suyuqlik bilan ta’minlay oladi.
Hajmiy nasoslar 2 guruhga bo‘linadi:
Ilgarilanma-qaytma (porshenli, plunjerli, diafragmali va h.k.) va rotorli (shesterdentli, plastinali va h.k.). Porshenli nasos qurilmasining eng sodda sxemasi rasmda keltirilgan. Bu nasoslarda suyuqlikning surilishi va haydalishi porshen yoki plunjerning silindrda ilgarilama qaytma harakatiga asoslangan. Porshen (plunjer) silindr ichida qaytma (orqaga) harakat qilganida uning oldidagi ish kamerasining hajmi ortib, siyraklanish hosil bo‘ladi.
a-porshenli nasos; b-plunjerli nasos; v-diafragmali nasos
Dostları ilə paylaş: |