Yalpi taklif (AS) - deganda iqtisodiyot ishlab chiqaradigan yoki turli narx darajalarida ishlab chiqarishning real hajmi tushuniladi. Yuqori narxlar qo’shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag’bat yaratadi va mahsulot hajmini oshiradi. Narxlarning past darajasi esa tovar ishlab chiqarishning
Bu bog’liqlik (AS) taklif egri chizig’ida aniq aks etadi. Yalpi taklif egri chizig’i shakliga kelsak, turli xil iqtisodiy maktablar (Keynscha va neoklassiklar) uning konfiguratsiyasini turlicha talqin qilishadi, shuning uchun egri chiziq barcha qarashlarning sintezini aks ettiradi va uchta qismdan iborat. Buning sababi iqtisodiyotda uchta vaziyat yuzaga kelishi mumkin:
1) to’liq bandlikka yerishilmagan holat;
2) to’liq bandlikka yaqin holat;
3) to’liq bandlik holati.
Gorizontal kesmaKeynscha deyiladi, vertikal esa klassik. Bu holat narxlar va ishlab chiqarish hajmining o’zaro bog’liqligi masalasini keynscha va klassik maktablar namoyondalari tomonidan turlicha talqin qilinishi bilan bog’liq.
Gorizontal kesma milliy ishlab chiqarish potensial hajmidan ancha kamBu holatlarga mos yalpi taklif egri chizig’i uch kesimdan iborat bo’ladi: gorizontal, oraliq, vertikal Keyns iqtisodiyoti quyidagi farazlarga asoslanadi:
1. Noaniqlik iqtisodiyoti. Iqtisodiyot holati shaxslarning vaziyatni qanday baholashiga va ularning kelajak haqidagi qarashlariga bog’liq.
2. Talab iqtisodiyoti. Talab ishlab chiqaruvchilarning xatti-harakatlarini belgilaydi. U ishlab chiqaruvchilarga qaratilgan talabni dolzarb (samarali) deb ataydi.
3. Bandlik bozor muvozanatiga togri kelmaydigan iqtisodiyot.
4 . Monetar (pul-kredit) iqtisodiyoti. Pul nafaqat bitimlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi, balki bu asosiy likvidlikdir. Foiz stavkasi pul bozorida belgilanadi, butalabga (likvidlikni afzal ko’rish) va ichki pul taklifiga bogliq.