Muhitning biotik omillari. Tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar



Yüklə 420,5 Kb.
səhifə3/16
tarix07.06.2023
ölçüsü420,5 Kb.
#126092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Muhitning biotik omillari.

Tadqiqot ob’yekti: “Muhitning biotik omillari. Tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar” mavzusini pedagogik texnologiyalardan foydalanib oʻqitish jarayoni.
Tadqiqot predmeti: “Muhitning biotik omillari. Tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar” mavzusini pedagogik texnologiyalardan foydalanib oʻqitishni mazmuni, metodi, vositalari.
Bitiruv malaka ishinng ilmiy amaliy ahamiyati: “Muhitning biotik omillari. Tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar” mavzusini oʻqitish uchun tadqiqot davomida ishlab chiqilgan pedagogik texnologiyalarga asoslangan dars ishlanmalari va metodik tavsiyalar umum ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb hunar kollejlari qituvchilari va oʻquvchilari uchun amaliy qoʻllanma boʻlib hizmat qiladi.
1. “Muhitning biotik omillari. Tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar” oid bilimlarini tarkibiy qismlarga ya’ni modullarga ajratib oʻrganilsa;
2. “Muhitning biotik omillari. Tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar” mavzularini oʻrganish borasida mavzularini tegihli tehnologiyalarga mos tanlay olsa;
3. “Muhitning biotik omillari. Tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar” mavzularini oʻrganish jarayonida oʻquvchilarning mustaqil fikrlash, mantiqiy tafakkurlarini rivojlantira borilsa;
4. “Muhitning biotik omillari. Tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar” mavzularini oʻrganish jarayonida qoʻshimcha ilmiy ommabop qiziqarli va mahalliy materiallardan foydalanilgan holda mashgʻulotlar olib borilsa pirovard natijada ta’lim samradorligi ortishiga imkon boʻladi.
Bitiruv malaka ishining tarkibiy tuzilishi: Bitiruv malaka ishi 42 bet boʻlib mundarija, kirish, uch bob, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat.


I.BOB. MUHITNING BIOTIK OMILLARI. TIRIK ORGANIZMLAR O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR.
1.1. Biotik omillar.
Tabiiy sharoitda har bir tirik organizm yovvoyi tabiatning boshqa vakillari bilan hamkorlikda yashaydi. Bir yoki har xil turga mansub o‘simlik, hayvon va mikroorganizmlarning o‘zaro hamda yashash sharoitlariga ta’siri muhitning biotik omillarini ifodalaydi. Organizmlar orasidagi o‘zaro munosabatlarning barcha ko‘rinishlari muhitning biotik omillarini tashkil qiladi.
Biotik omillar ikki guruhga ajratiladi. Tur ichidagi munosabatlar - bir turga mansub individlar o‘rtasidagi munosabatlar. Bu populatsiyaning o‘z- o‘zini boshqarishdagi muhim mexanizmdir. Turlararo munosabatlar - har xil turlar o‘rtasidagi munosabatlar sanaladi.
Populatsiyalardagi individlar soni o‘zaro ta’sir natijasida o‘zgarishsiz qoladigan munosabatlar neytral munosabatlar deb ataladi. Agar o‘zaro ta’sir natijasida bir populatsiyadagi individlar soni ortsa, lekin ikkinchi populatsiyadagi individlar soni kamaymasa, bunday munosabatlar ijobiy yoki simbiotik munosabatlar deb ataladi. O‘zaro munosabatlar tufayli bir populatsiyadagi individlar soni qanday o‘zgarishidan qat’i nazar, ikkinchi populatsiyadagi individlar soni kamaysa, bunday munosabatlar salbiy yoki antagonistik (antibioz) munosabatlar deyiladi.


Har qanday munosabat turini o‘zaro ta’sirlashuvchi populatsiyalardagi individlar sonining o‘zgarishini ifoda etuvchi ramziy belgilar orqali ifodalash mumkin. Individlar sonining ortishini «+», kamayishini «-» belgisi bilan, individlar soniga ta’sir etmaydigan munosabatlar «0» belgisi bilan ifodalanadi. Ushbu tasniflardan foydalanib, eng keng tarqalgan o‘zaro munosabatlar turlari quyidagi jadvalda aks ettirilgan



Yüklə 420,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin