Muhitning biotik omillari. Tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar



Yüklə 420,5 Kb.
səhifə8/16
tarix07.06.2023
ölçüsü420,5 Kb.
#126092
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Muhitning biotik omillari.

Pedagogik texnologiyalar.
Pedagogik texnologiya tushunchasi va unga berilgan ta`riflar
Pedagogika fani va amaliyotida keyingi paytlarda keng qoʻllanilayotgan «pedagogik texnologiya» atamasi inglizcha «an educational technologu» soʻzidan olingan boʻlib, «ta`lim texnologiyasi» degan ma`noni bildiradi.
"Texnologiya" tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bogʻliq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki soʻzdan -texnos- san`at, hunar va logos- fan, ta`limot soʻzlaridan tashkil topib, "hunar fani " ma`nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni toʻliq tavsiflab berolmaydi, texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni koʻzda tutadi . Yanada aniqroq aytadigan boʻlsak, texnologik jarayon -bu mehnat qurollari bilan mehnat ob`ektlari (xom ashyo) ga bosqichma- bosqich ta`sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-mashina) ning faoliyatidir.
Ishlab chiqarishda texnologiya soʻzidan kelib chiqadigan quyidagi tushunchalar ishlatiladi:
Texnologik jarayon- ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalarning yigʻindisi.
Texnologik operasiya - ishchi tomonidan oʻzining ish joyida bajariladigan, yakuniga yetkazilgan harakat koʻrinishidagi jarayonning bir qismi.
Texnologik xarita- ma`lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarini ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat.
Texnologik rejim - texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib boʻlib, ma`lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operatsiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi.
Ana shu ta`rif va tushunchalarni oʻquv jarayoniga koʻchirsak quyidagi xulosaga kelish mumkin:
Pedagogik texnologiya - bu oʻqituvchi (tarbiyachi)ning oʻquvchi (talaba)larga oʻqitish vositalari yordamida muayyan sharoitlarda ta`sir koʻrsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. Pedagogik texnologiya - oʻquv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Pedagogik nashrlarda «oʻqitish texnologiyasi», «ta`lim texnologiyasi» tushunchalari ham ishlatiladi.

Yüklə 420,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin