Muhitning biotik omillari. Tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar


II.BOB. BIOLOGIYA FANINI OʻQITISHDA QOʻLLANILADIGAN PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR



Yüklə 420,5 Kb.
səhifə6/16
tarix07.06.2023
ölçüsü420,5 Kb.
#126092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Muhitning biotik omillari.

II.BOB. BIOLOGIYA FANINI OʻQITISHDA QOʻLLANILADIGAN PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
2.1. Biologiya darslarida qoʻllaniladigan Didaktik oʻyinlarning umumiy tasnifi.
Ta’lim jarayonida didaktik oʻyinli texnologiyalar didaktik oʻyinli dars shaklida qoʻllaniladi. Ushbu darslarda oʻquvchilarning bilim olish jarayonini oʻyin faoliyati bilan uygʻunlashtiriladi. Shu sababli, oʻquvchilarning bilim olish faoliyati, oʻyin faoliyati bilan uygʻunlashgan darslar didaktik oʻyinli darslar deb ataladi. Didaktik oʻyinli texnologiyalarning syujetli- rolli, ijodiy ishbilarmonlar, konferensiyalar va oʻyin mashqlar kabi turlari bor. Oʻquvchilarning ijodiy fikrlashi, mustaqil bilim egallash koʻnikmalarini rivojlantirish va oʻzlarida mujassamlashgan bilim, koʻnikma va malakalarini yangi vaziyatlarda qoʻllash orqali yangi bilimlarni oʻzlashtirishda syujetli- rolli oʻyinlar muhim rol oʻynaydi.
Oʻquvchilarning ijodiy izlanishi, mustaqilligi, mant qiy fikrlashini rivojlantirshda, qoʻshimcha bilm olishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishda ijodiy oʻyinlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni oʻquvchilar guruhining oʻzaro hamkorlikda avval oʻzlashtirilgan bilim, koʻnikma va malakalarni ijodiy qoʻllash va izlanishi orqali hal etishga zamin tayyorlaydigan didaktik oʻyinlarni ijodiy oʻyinlar deb atash lozim.
Jamiyatdagi ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarni aks ettirib, oʻquvchilar ma’lum bir vazifani, topshiriqni bajarish orqali bilim, koʻnikma va malakalar bilan bir qatorda, kasbiy sifatlarni tarkib toptirish, ularni ongli ravishda kasbga yoʻllash, ilmiy dunyo qarashini kengaytrishga moʻljallangan didaktik oʻyinlar ishbilarmonlar oʻyini deyiladi. Ishbilarmonlar oʻyini ham boshqa oʻyinlar kabi, oʻqituvchi va oʻquvchilardan puxta tayyorgarlik koʻrishni talab etadi. “ Sutemizuvchilar sinfiga mansub chorva mollari, Qoramolchilik, qoʻychilik, yilqichilik” mavzusini oʻrganishni auksion–dars shaklida oʻtkazish yuqori samara beradi.
Didaktik oʻyinli darslar ichida ham konferensiya darslari ham muhim oʻrin tutadi. Konferensiya darslari oʻquvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda, ularni qoʻshimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash koʻnikma va malakalarni rivojlantirishda, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlashda, ongli ravishda kasb tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʻqituvchi konferensiya darsni oʻtishdan avval dars mavzusini, maqsadi va vazifalarini aniq belgilab olib shu mavzuga oid qoʻshimcha ilmiy, ilmiy- ommabop adabiyotlarni koʻzdan kechiradi. Mazkur dars koʻrish uchun adabiyotlar tavsiya qilinadi. E’lon qilingan didaktik oʻyinli darsga “olimlar” rolini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, har bir oʻquvchining qiziqishi va qobiliyatiga yarasha ma’ruza tayyorlash oʻquvchilarning ixtiyorida boʻladi. Darsga tayyorgarlik davrida oʻqituvchi tomonidan ijobiy ragʻbatlantirishning ustunligi va muvaffaqiyatga yoʻllovchi oʻqituvchining muloqot madaniyati, oʻzaro yordami oʻquvchilarning darsga qizgʻin tayyorgarlik koʻrinishning muhim omili sanaladi.
Matbuot konferensiyasi sinfdagi barcha oʻquvchilarning oʻquv-bilish faoliyati faol boʻlishi bilan xaraktarlanadi. Oʻquvchining matbuot konferensiyasi darsiga tayyorgarligi bir muncha murakkabroq. Oʻqituvchi matbuot konferensiyasi darsiga tayyorgarligi bir muncha murakkabroq. Oʻqituvchi matbuot konferensiyasini oʻtkazishdan bir hafta avval sinf oʻquvchilarini ikkita guruhga boʻladi boʻladi. Ularning tahminan 30% parrandalar seleksiyasi sohasida ishlayotgan olimlar va parrandachilik fabrikalarining mutaxasislari, qolganlari respublikamizda nashr qilinadigan gazeta va jurnallarning muhbirlari rolini bajaradilar.
Shundan soʻng har qaysi gazeta va jurnal muxbirlarining matbuot konferensiyasida beradigan savollari oʻquvchilar yordamida tuziladi. Bu savvollar muhokama qilinayotgan muammoni har tomonlama qamrab olishi kerak. Savollar mazmuni muhokamadan oʻtgandan soʻng, gazeta va jurnal muxbirlari va seleksiyachi olimlar roli oʻquvchilarning hohishiga koʻra taqsimlanadi.
Oʻqituvchi parandachilik seleksiyasi bilan shugʻullanadigan olimlar va mutaxasislar rolini bajaradigan oʻquvchilar bilan alohida tayyorgarlik ishlarini olib boradi. Ularga qoʻshimcha adabiyotlardan foydalanish va savollarga javoblar topish haqida koʻrsatma beradi. Savollarga beriladigan javoblar qisqa, aniq, ilmiy jihatdan asoslangan, mahalliy materiallarni qamrab olgan boʻlishi lozim. Oʻqituvchi ana shu javoblarni oldin koʻzdan kechirishi, agar ularda juz’iy kamchiliklar boʻlsa, ularni toʻgʻrilashi, toʻldirishi kerakligini oʻquvchilarga topshiradi.
Muhbirlar rolini bajaradigan oʻquvchilar ham savollarga javoblar topishi olimlar va mutaxasislar bilan muloqotga kirishi uchun yetarli darajadagi bilimlarga ega boʻlishini ta’minlashi kerak.
Mazkur darsga hamma oʻquvchilar ular qaysi rolni bajarishidan qat’iy nazar qizgʻin tayyorgarlik koʻrishi lozim.
Biologiyani oʻqitishda, boshqa didaktik oʻyinlar bilan bir qatorda oʻyin mashqlardan oʻz oʻrinda va samarali foydalanish maqsadga muvofiq.
Oʻyin mashqlar uchun televideniya va matbuot orqali berib borilayotgan va oʻquvchi yoshlarning eng qiziq mashgʻulotiga aylangan oʻyinlarni andoza qilib olish mumkin. Bular jumlasiga “Zigzag”, “Zinama zina” , “Kim millioner boʻlishni hohlaydi?” kabilarni kiritish mumkin. Mazkur oʻyinlarda oʻquvchilar avvalo oʻz kuchi va bilimlarini sinab koʻradilar va yana ularning aksariyati shu oʻyinlar ishtirokchisi boʻlishi orzu qiladilar. Oʻyin mashqlar evolyutsiya asoslari yuzasidan umumlashtiruvchi dars qilib oʻtkazish mumkin.

Yüklə 420,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin