Muhofaza qilish


MOSLASHISHNING ASOSIY KO‘RINISHLARI



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

MOSLASHISHNING ASOSIY KO‘RINISHLARI
Moslashishlarning ko‘rinishlariga kelsak morfologik, fiziologik 
va xulqiy moslashishlar ajratiladi.
Morfologik 
moslashishlarga 
misol 
qilib 
suv 
muhitida 
gidrobiontlaming suvni qarshiligini kesib yurishga mos tana tuzilishi, 
shuningdek, plankton organizmlarning suvda osilgan holda yashashi 
kabilar hisoblansa, o‘simliklar dunyosida cho‘l sharoitida minimum 
suv sarflashga moslashish sifatida barglaming reduktsiyalanishi yoki 
butunlay bo‘lmasligi kabilami ko‘rsatish mumkin.
Fiziologik moslanishlar hayvonlarda ozuqa tarkibiga ko‘ra ovqat 
hazm qilish sistemasida fermentlaming m a’lum turlarini uchrashi yoki 
cho‘lda yashovchi hayvonlaming suvga boigan talabini qondirish 
uchun yog‘laming biokimyoviy oksidlanishdan foydalanishi kabilar 
kiradi. 0 ‘simliklarda kuzatiladigan fotosintez jarayoni ham, boshqa 
biokimyoviy jarayonlar atmosferadagi gazlar tarkibiga bog'liqdir.
Xulqiy yoki etologik moslashishlar hayvonlar uchun xos bo‘lib, 
turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Masalan, tashqi muhit bilan hayvon 
tanasi o‘rtasida normal issiq almashinuvi uchun uya qurish (boshpana 
topish), qulay haroratli joyni izlab topish, shuningdek, qushlar va sut 
emizuvchilarda sutkalik va mavsumiy ko‘chib yurishlari m a’lum. 
Hayvonlar faqat harorat omiliga xulqiy tomondan moslashib qolmay, 
balki namlik, yorug‘lik va boshqa ko‘pchilik ekologik omillarga ham 
moslashadi. Hulqiy moslanishlar yirtqichlaming o‘ljani izidan yurish, 
kuzatish kabilarda hamda o‘ljaning javob reaksiyalarida ko‘rinadi.
MOSLASHISH HAQIDA TUSHUNCHA
36


MOSL ASHISHNIN G DARAJALARI
Moslashish turli darajalarda va ko‘rmishlarda namoyon bo‘ladi. 
Masalan, harorat omiliga moslashish molekulyar darajadan boshlab to 
biotsenotik darajagacha kuzatilishi mumkin. Ko‘pchilik o‘simliklar 
ortiqcha qizib ketishdan saqlanish uchun boshqa о ‘ simlik tunning soyasida 
o‘sadi. Bu yerda moslashish biotsenotik darajada namoyon bo‘lmoqda. 
Asalarilaming uyalarini haddan tashqari qizib ketganda qanotlarini 
qoqib uyani sovutishi jamoa darajasidagi moslashishga misol bo‘ladi. 
Hayvonlaming ter bezlari orqali tanasini sovutishi yoki o‘simliklami 
transpiratsiya orqali barg yuzasini sovutishi kabilar organizm darajasidagi 
moslanishlardir. Kuchli yorug‘lik ta’sirida xloroplastlaming hujayra 
devori ostida ma’lum bir tartibda joy olishi hujayra darajasidagi, termofil 
mikroorganizmlarnmg oqsillarini yuqori harorat ta’siriga chidamliligi esa 
molekulyar darajadagi moslashish hisoblanadi.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin