Muhofaza qilish


TIRIK ORGANIZMLARNING HARORAT OMILIGA



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

TIRIK ORGANIZMLARNING HARORAT OMILIGA
MUNOSABATI
Ko‘pchilik tirik organizmlar hayoti 0° bilan 50°C o‘rtasida o‘tadi. 
Temperatura 0° dan past yoki 50° С dan yuqori bo‘lganda barcha 
hayot jarayonlari mutlaqo to‘xtaydi yoki keskin darajada sekinlashib 
qoladi. Demak tirik organizmlar hayotiga harorat optimum, minimum 
va maksimum darajada ta’sir etadi.
38


Ayrim suvo‘tlar va umurtqasiz hayvonlaming bayoti O’C dan 
past bo‘lgan temperatura ta’sirida normal o ‘tadi. Ba’/i bakteriyalar 
va zamburug‘laming sporalari hamda ba’zi umurtqasiz hayvonlar 
(kolovratka, 
tixoxodka 
va 
ne’matodlar, 
hasharotlar) 
tanasi 
suvsizlantirilgach, ularga - 190°, - 273°C li past temperatura ta ’sir 
ettirilganda ham hayotchanligi saqlanib qolgan. Yoki ko‘k-yashil, 
diatom va yashil suvo‘tlaming ayrim vakillarining 73°, - 93 0 С li 
qaynar buloqlarda normal o ‘ sishi aniqlangan. Shimoliy qutbda suvning 
temperaturasi 0°Cga teng bo‘lganda ham ko'pgina suv hayvonlari 
normal yashab suvo‘tlar bilan ovqatlanadi. Shimol bug‘usi, oq ayiq, 
tyulen va pingvinlar hayoti ham past haroratda normal kechadi.
Barcha o‘simliklami haroratga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra ikkita 
ekologik guruhga ajratish mumkin: yuqori harorat ta’sirida yaxshi 
o‘sib rivojlanadigan termofil o‘simliklar va past harorat ta’sirida 
yashovchi psixrofil o‘simliklar. Har ikki guruhga mansub o ‘simlik 
turlari o ‘ziga xos moslanish xususiyatlariga ega. Termofil o‘simliklar 
hujayrasi issiqlikka chidamliligi, organlar yuzasining kichrayishi, 
tuklaming yaxshi rivojlanganligi, efir moylariga ega bo'lishi, o ‘zidan 
ortiqcha tuzlami ajratib chiqarishi, uzoq muddat davomida tinim 
davrini o ‘tkazishi va boshqa xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Psixrofil 
o‘simliklar sovuq sharoitni har xil holatlarda (ya’ni tinim yoki 
vegetatsiya davrida) anotomo-morfologik moslanish orqali o‘tkazadi. 
Bunday moslnishlarga poyasining yer bagMrlab o‘sishi, novdaning 
yotiq yo‘nalishi, to‘planish bo‘g ‘imi va ildiz bo ‘ у timing yer ostida 
joylanishi, hazonrezgilik, po‘kak qavatning yaxshi rivojlanishi, oq 
tanaga ega bo‘lish kabilami ko‘rsatish mumkin.
Hayvonlaming haroratga moslashish yo‘llari asosan uch 
xildir, ya’ni kimyoviy, fizik termoregulyatsiya va xulq-atvor 
moslanishlaridir. Tashqi muhit haroratining pasayishiga javoban 
faol ravishda tanadan issiq ajralishi kimyoviy termoregulyatsiya 
deyiladi. Bunday moslashishlaming ko‘rinishlari ba’zi bir baliqlarda, 
hasharotlarda (arilar, 
kapalaklar) uchratiladi. 
Tanadan issiq 
ajratishning o‘zgarishi, ya’ni ortiqcha bo‘lsa tashqariga chiqarib 
yuborish yoki uni ushlab qolish fizik termoregulyatsiya deb qaraladi. 
Bunday yo‘l bilan harorat omiliga moslashgan hayvonlarda quyidagi 
anatomo-morfologik moslashishlar kuzatiladi: tananing junlar bilan
39


qoplanishi, pat yoki parlarga ega bo‘lishi, yog‘ zahirasining joylanishi, 
ter
i yoki nafas yo‘li orqali suv bugiatishni boshqarish va hokazo 
Ko‘pchilik hayvonlar uchun tana haroratini boshqarishda ulaming 
instinktdan kelib chiqadigan harakatlari katta ahamiyatga ega. Bulai 
gavdaning holatini o‘zgartirish, boshpana topish, murakkab yer ostk: 
uyalar (inlar) qurish, uzoq va yaqin masofalarga ko‘chib yurishlai 
(migratsiyalar) kiradi. Tana haroratini idora etishda hay von laming 
guruhli hatti-harakatlari ham muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin