Muhofaza qilish


 Peter Rillero, Dinah Zike. Ecology, 2005 (40-85-bet)



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

23 Peter Rillero, Dinah Zike. Ecology, 2005 (40-85-bet).
67


ma’lum energetik holati hamda moddalar almashinuvi, axborot tezligi 
bilan tavsiflanuvchi tabiiy tizim tushuniladi.
Biogeotsenozning asosiy komponentlari atmosfera, tog‘ jinslari, 
suv, o ‘simlik va hayvonot dunyosi hisoblanadi. Biogeotsenozlar har 
xil o‘lchamda, ya’ni kichik va katta maydonda bo‘lishi mumkin.
Q O ‘SHIM CHA MA’LUM OTLAR 
EK O TIZIM VA UNING TARKIBI
Yashash sharoiti o‘xshash va o ‘zaro munosabati natijasida bir- 
biriga ta’sir ko‘rsatuvchi har xil turga mansub bo‘lgan birgalikda 
yashovchi organizmlar yig‘indisiga ekologik tizim deyiladi. 
0 ‘rmon, cho‘l, o‘tloq, suv havzasi va boshqalar ekotizimga misol 
bo‘la oladi. MaTumki, har xil turdagi organizmlar bir-birlariga 
va tevarak-atrofdagi jonsiz tabiatga har tomonlama moslashgan, 
bunday uzviy bog‘lanishlar biotsenozlami tashkil etadi. Biotsenoz -
biogeotsenozning bir qismidir. Ekotizim tushunchasi fanga 1935-yili 
ingliz ekologi A. Tensli tomonidan kiritilgan.
Ekotizimda moddalar aylanishini ta’minlash uchun m a’lum 
miqdorda kerak boMadigan anorganik moddalar zahirasi bajarayotgan 
ishi jihatidan uch xil ekologik guruhni tashkil etuvchi organizmlar 
bo‘lishi zarur. Birinchi guruhga yashil o‘simliklar kiradi. Ular 
quruqlikdagi har qanday biotsenozning asosiy tarkibi va energiya 
manbai sifatida xizmat qiladi. Bunday avtotrof organizmlar 
produtsentlar deb ataladi. Produtsentlar - assimilyatsiya jarayonida 
to‘plangan energiyasini boshqa organizmlarga beruvchilardir.
Fotosintez qiluvchi organizmlar quyosh energiyasi ishtirokida 
organik moddalami sintez qilib, yorug‘lik energiyasini bog‘langan 
kimyoviy energiyasi sifatida g ‘amlaydi.
Suv havzalaridagi ekotizimlarda, ya’ni dengiz, okeanlar va 
ko‘llaming yuqori qatlamlarida yashovchi fitoplanktonlar (mayda 
bir xujayrali organizmlar va suv o‘tlari) produtsentlar sifatida faollik 
ko‘rsatadi.
Quruqlikda katta o‘rmonlar va yaylovlami tashkil etuvchi yuksak 
o ‘simliklar, ochiq urug‘lilar va gulli o ‘simliklar dastlabki organik 
modda to‘plashda katta o ‘rin egallaydi.
68


Ikkinchi guruhga hayvonlar kiradi. Ular o‘simliklar tomonidan 
to‘plangan organik moddani iste’mol qiluvchilar hisoblanadi va 
konsumentlar deb atalatdi.
О 
‘ simlik qoldig ‘ i va hayvon j asadi о ‘ zida energiya saql aydi .Nobud 
bo'lgan o‘simlik va hayvonlardagi organik modda mikroorganizmlar, 
ya’ni saprofit holda yashovchi bakteriyalar va zamburug‘lar ta’sirida 
parchalanadi. Bunday organizmlar redutsentlar deb ataladi.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin